X. S. Xadjayev, sh sh. Fayziyev m. E. Jabbarov. Makroiqtisodiyot


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/53
Sana21.11.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1793307
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-Makroiqtisodiyot-masala va topshiriqlar

M
 
 
 
akroiqtisodiyotda iste’mol, jamgarish va investitsiyalar bilan bog’liq 
masalalar muhim ahamiyat kasb etadi, chunki iste’mol va investitsiya 
xarajatlari YaIM ning asosiy tarkibiy qismlaridir. 
Iste’mol YaIM tarkibida asosiy ulushga ega bo‘lib, oraliq hamda yakuniy 
iste’molga ajratiladi va ixtiyordagi daromaddagi joriy davr ehtiyojlarini qondirish 
uchun qilingan xarajatlarini qamrab oladi. Iste’mol va daromad o‘rtasidagi 
bog’liqlik iste’mol funktsiyasi orqali ifodalanadi. Iste’molni tavsiflovchi 
ko‘rsatkichlar sifatida iste’molga bo‘lgan o‘rtacha va chekli moyillik 
ko‘rsatkichlari qatnashadi. 
Jamg’arish ixtiyordagi daromadning iste’moldan keyin qolgan qismi bo‘lib, 
jamg’arish funktsiyasida jamg’arma va ixtiyordagi daromad o‘rtasidagi bog’liqlik 
aks ettiriladi. Iste’mol kabi jamg’arishni ham tavsiflovchi ko‘rsatkichlar sifatida 
jamg’arishga bo‘lgan o‘rtacha va chekli moyillik ko‘rsatkichlari qatnashadi. 
Jamg’arish xususiy jamg’armalar, davlat jamg’armalari hamda chet elliklarning 
jamg’armalaridan iborat. 
Investitsiyalar jamg’armalar bilan bog’liq bo‘lib, investitsiya funktsiyasi 
umumiy holda real foiz stavkasi bilan teskari, daromad bilan esa to‘g’ri bog’liqlikni 
aks ettiradi. Investitsiyalar yalpi vas of investitsiyalarga ajratiladi. 
Yalpi investitsiyalar sof investitsiyalardan amortizatsiya miqdoriga farq 
qiladi va aynan yalpi investitsiyalar hamda amortizatsiyani solishtirish orqali 
iqtisodiyot ko‘rinishi ajratiladi. 
6 -MAVZU. ISTE’MOL, JAMG’ARISH VA 
INVESTITSIYA FUNKSIYALARI 
 
Masalalar 


23
X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT
1.
 
Jamg’arishga chegaralangan moyillik ko‘rsatkichi 0,2 ga, avtonom 
iste’mol hajmi 700 ga, chegaralangan soliq stavkasi 0,25 ga, daromadlar darajasi 
7000ga teng bo‘lsa, topilsin: 
a) iste’mol va jamg’armalar hajmi; 
b) iste’molga va jamg’arishga chegaralangan moyillik ko‘rsatkichlari. 
▲ ▲ ▲ 
2.Investitsiyalar (I) 50 sh.b.ni, davlat xarajatlari (G) – 200, sof eksport (Xn) 
– 70, avtonom iste’mol xarajatlari (S) – 100 sh.b.ni, jamg’armaga chegaralangan 
moyillik (MRS) – 0,25 ni tashkil etsa, YaIMning muvozantli darjasini aniqlang.
▲ ▲ ▲ 
3.Faraz qilaylik iqtisodiyotda iste’mol quyidagi tenglama bilan berilgan 
S=55+0.73Ud. Bu yerda daromad (Ud
) 500 mlrd. so‘mga teng. 
Ushbu shartlar asosida iste’mol va jamg’armaga bo‘lgan chegaraviy 
moyillikni, iste’mol va jamg’arma miqdorlarini, iste’mol va jamg’armaga bo‘lgan 
o‘rtacha moyillikni aniqlang. 
▲ ▲ ▲ 
4. Iqtisodiyot quyidagi ko‘rsatkichlar bilan ifodalangan 
iste’mol xarajatlari (S)=2300 
investitsiya xarajatlari (I)=700 
davlat xarajatlari (G)=800 
davlat transfertlari (TR)=100 
davlat qarzlari bo‘yicha foizlarni to‘lash (N)=100 
soliqlar (T)=800 
Xususiy va davlat jamg’armalarini aniqlang. 
▲ ▲ ▲ 
5. Davlat xaridlari G = 50, transfert to‘lovlari TR = 10, davlat qarzi bo‘yicha 
foiz stavkasi R =10% (davlat qarzi D = 20), soliq tushumlari T = 40. Byudjet 
kamomadi mavjudmi, yo‘qmi? 


24
X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling