X. S. Xadjayev, sh sh. Fayziyev m. E. Jabbarov. Makroiqtisodiyot
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Makroiqtisodiyot-masala va topshiriqlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-MAVZU. . PULGA TALAB FUNKSIYASI
M
Masalalar illiy ishlab chiqarish o‘rtasidagi barcha iqtisodiy munosabatlar pul yoki uning vositalari yordamida amalga oshiriladi va pul maxsus hususiyatga ega bo‘lgan tovar hisoblanib, ayirboshlashning rivojlanishi natijasida paydo bo‘lgan. Pulga bo‘lgan umumiy talab bitimlar uchun pulga talabdan va moliyaviy aktivlar uchun pulga talabdan iborat. Bitimlar uchun pulga talab – bu aholiga va korxona, firmalarga tovar hamda xizmatlarni xarid qilish uchun zarur bo‘lgan pul miqdoridir. U nominal YaIMni o‘sishi bilan oshib boradi. Moliyaviy aktivlar tomonidan pulga bo‘lgan talab pulning jamg’arish vositasi sifatidagi funktsiyasiga asoslangan. Pulga bo‘lgan umumiy talab foiz stavkasi miqdoriga yoki pulning ishlatilishi bahosiga nisbatan teskari bog’liqlikda bo‘ladi. Pulga talab bildirishning transaktsion, ehtiyotkorlik va chayqovchilik sabablari mavjud. Baumol-Tobin modeli har bir davr boshlanishida daromad uy xo‘jaliklariga naqd emas, balki depozitga kafolatlangan foizli daromad bilan o‘tkazilishini ko‘zda tutadi. 1. Pulga bo‘lgan umumiy talab nominal ifodada 1000 so‘mga teng. Aktivlar tomonidan pulga bo‘lgan talab funktsiyasi: L = 204 – 20i. Nominal foiz stavkasi i = 20%. 8-MAVZU. . PULGA TALAB FUNKSIYASI 29 X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT a) bitimlar uchun pulga bo‘lgan talabni aniqlang; b) agar nominal milliy daromad 2400 ga teng bo‘lsa, pul aylanish tezligi nechaga teng bo‘ladi. ▲ ▲ ▲ 2. Aktivlar tomonidan pulga bo‘lgan talab funktsiyasi Md1 = 102 – 20i, bitimlar uchun pulga bo‘lgan talab funktsiyasi Md2 = 52 – 20i hamda nominal foiz stavkasi i = 10% bo‘lganda Pulga bo‘lgan umumiy talabni aniqlang. ▲ ▲ ▲ 3. Agar milliy daromad 100 trln.so‘mni tashkil etsa va unga pulga bo‘lgan talabning ta’sirchanlik koeffitsiyenti 5 ga, pulga bo‘lgan talabning foiz stavkasiga ta’sirchanlik koeffitsiyenti 7 ga, narx darajasi 2 ga teng bo‘lsa hamda pulga bo‘lgan talab 120 trln. so‘m bo‘lganda, foiz stavkasi qanday bo‘lishi lozim? ▲ ▲ ▲ 4. Agar milliy daromadga pulga bo‘lgan talabning ta’sirchanlik koeffitsiyenti 10 ga, pulga bo‘lgan talabning foiz stavkasiga ta’sirchanlik koeffitsiyenti 5 ga, narx darajasi 3 ga teng bo‘lsa hamda pulga bo‘lgan talab 150 trln. so‘m, foiz stavkasi esa 10 foiz bo‘lganda milliy daromad qanday bo‘lishini aniqlang. ▲ ▲ ▲ 5. Agar milliy daromad 144 trln.so‘mni tashkil etsa va unga pulga bo‘lgan talabning ta’sirchanlik koeffitsiyenti 2 ga, pulga bo‘lgan talabning foiz stavkasiga ta’sirchanlik koeffitsiyenti 3 ga, hamda pulga bo‘lgan talab 160 trln. so‘m bo‘lganda, foiz stavkasi 10 foiz bo‘lganda, narx darajasi qanday bo‘ladi? 30 X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling