X. S. Xadjayev, sh sh. Fayziyev m. E. Jabbarov. Makroiqtisodiyot
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Makroiqtisodiyot-masala va topshiriqlar
M
Masalalar akroiqtisodiy muvozanat mamlakat iqtisodiyotining to‘g’ri yoki noto‘g’ri yo‘ldan borayotganligini ko‘rsatuvchi omillardan biri bo‘lib hisoblanadi, chunki iqtisodiyotda bo‘layotgan doimiy o‘zgarishlar har qanday mamlakatni ham iqtisodiy muvozanatdan chiqarib yuborishi mumkin. Tovar va pul bozorida umumiy muvozanatga erishish shartlari va makroiqtisodiy siyosat tadbirlarining bu ikki bozorga ta’sirini umumlashtirib tadqiq qilish IS - LM modeli yordamida bajariladi. IS-LM modeli fiskal va monetar siyosatning iqtisodiyotga birgalikda ko‘rsatadigan ta’sirini baholash imkonini beradi. IS-LM modeli ma’lum makroiqtisodiy natijalarga erishishning turli variantlarni ko‘rib chiqish imkoniyatini beradi. Bir bozorda bo‘lgan o‘zgarish ikkinchi bozorga ham ta’sir etadi. Pul- kredit siyosati foiz stavkalari yuqori bo‘lganda samarali bo‘ladi. Fiskal siyosat esa foiz stavkasi minimal, ya’ni LM egri chizig’i gorizontal, IS egri chizig’i esa vertikal bo‘lganda samaraliroq bo‘ladi. Model yordamida makoiqtisodiy siyosat variantlarini tanlash, shuningdek usullarini muvofiqlashtirilgan holda qo‘llash va siqib chiqarish samaralarini kamaytirish yo‘llarini tahlil etish mumkin. 1. Ochiq iqtisodiyotda iste’mol funktsiyasi C = 300 + 0,65Yd, investitsiya funktsiyasi I = 200 – 1500R, soliqlar T = 200, davlat xarajatlari G = 200, pulga 13-MAVZU. IS-LM MODELI 44 X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT bo‘lgan talab funktsiyasi M = (0,5Y – 2000R)P, pul taklifi M = 550, narxlar darajasi P =1, sof eksport funktsiyasi Xn = 100 - 0,05Y – 500R. IS va LM tenglamalarni, hamda daromad Y va foiz stavkasining R muvozanatli darajalarini aniqlang. ▲ ▲ ▲ 2.Ochiq iqtisodiyotda iste’mol funktsiyasi quyidagi ko‘rinishga ega: C = 100 + 0,8Y; – investitsilar funktsiyasiI = 200 – 400r; – soliq stavkasi t = 0,2; – davlat xarajatlari G = 200; – pulga talab funktsiyasi M = (0,8Y– 1600r)P; – pul taklifi M = 800; – narx darajasi P = 1; – sof eksport funktsiyasi Xn= 100 – 0,04Y – 400r; IS va LM egri chiziqlari tenglamalari, shuningdek, Y daromad va r foiz stavkasining muvozanat qiymatini aniqlang. Agar davlat xarajatlari 100 ga ko‘tarilsa, IS egri chizig’i va daromad hamda foiz stavkasining muvozanat qiymati qanday o‘zgaradi? ▲ ▲ ▲ 3. Ochiq iqtisodiyotda iste’mol funktsiyasi C = 100 + 0,8Yd, investitsiya funktsiyasi I = 200 - 400R, soliq stavkasi t = 0,2, davlat xarajatlari G = 200, pulga bo‘lgan talab funktsiyasi M = (0,8Y – 1600R)P, pul taklifi M = 800, narxlar darajasi P = 1, sof eksport funktsiyasi Xn = 100 - 0,04Y – 400R. IS va LM tenglamalarni, hamda daromad Y va foiz stavkasining R muvozanatli darajalarini aniqlang. Agar davlat xarajatlari 100ga oshsa, IS egri chizig’ining qaerga surilishini hamda yangi muvozanatli daromad va foiz stavkasini aniqlang. ▲ ▲ ▲ 4. Yopiq iqtisodiyotda iste’mol funktsiyasi C = 80 + 0,8Yd, investitsiya 45 X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT funktsiyasi I = 100 - 800R, soliq stavkasi t = 0,25, davlat xarajatlari G = 60, pulga bo‘lgan talab funktsiyasi M = (0,5Y – 1000R)P, pul taklifi M = 200, narxlar darajasi P = 2. IS va LM tenglamalarni, hamda daromad Y va foiz stavkasining R muvozanatli darajalarini aniqlang. Agar pul taklifi M 100ga oshsa, LM egri chizig’ining qaerga surilishini hamda yangi muvozanatli daromad va foiz stavkasini aniqlang. ▲ ▲ ▲ 5. Yopiq iqtisodiyotda iste’mol funktsiyasi C = 170 + 0,6Yd, investitsiya funktsiyasi I = 100 – 400R, soliqlar T = 200, davlat xarajatlari G = 350, pulga bo‘lgan talab funktsiyasi M = (0,75Y – 600R)P, pul taklifi M = 735, narxlar darajasi P = 1. IS va LM tenglamalarni, hamda daromad Y va foiz stavkasining R muvozanatli darajalarini aniqlang. Agar soliqlar T 50 oshsa, IS egri chizig’i qaerga surilishini hamda yangi muvozanatli daromad va foiz stavkasini aniqlang. ▲ ▲ ▲ 6. Ochiq iqtisodiyotda iste’mol funktsiyasi C = 300 + 0,8Yd, investitsiya funktsiyasi I = 200 – 1500R, soliqlar stavkasi t = 0,2, davlat xarajatlari G = 200, pulga bo‘lgan talab funktsiyasi M = (0,5Y – 2000R)P, pul taklifi M = 550, narxlar darajasi P = 1, sof eksport funktsiyasi Xn = 100 - 0,04Y – 500R. IS va LM tenglamalarni, hamda daromad Y va foiz stavkasining R muvozanatli darajalarini aniqlang. Agar narxlar darajasi P = 2 bo‘lsa, LM egri chizig’i qaerga surilishini hamda yangi muvozanatli daromad va foiz stavkasini aniqlang. 46 X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling