H
ar bir mamlakat iqtisodiy o‘sishga intiladi, chunki iqtisodiy o‘sish,
birinchidan, milliy mahsulot hajmi va daromadning ko‘payishiga,
ikkinchidan, rssurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangi-yangi
ehtiyojlar va imkoniyatlarning paydo bo‘lishiga, to‘rtinchidan, xalqaro bozorlarda
mamlakat obro‘sining oshishiga olib keladi.
Iqtisodiy o‘sish — bu, ob’ektiv qonuniyat bo‘lib, jami taklifning o‘sishini
yoki boshqacha aytganimizda potentsial YaIM hajmining oshishini bildiradi.
Iqtisodiy o‘sish nafaqat ishlab chiqarishning o‘sishini, balki iqtisodiyot
potentsialining o‘sishini ham bildiradi.
Iqtisodiy o‘sish YaIMni o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi hamda real
YaIMning o‘tgan davrga nisbatan aholi jon boshiga o‘zgarishi sifatida aniqlanadi
va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari harakatini aniqlash uchun
ishlatiladi.
Iqtisodiy o‘sish tabiiy hamda mehnat resurslari soni va sifati, asosiy kapital
hajmi, texnologiyalar kabi omillarga bog’liq.
Uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni asoslash uchun Xarrod va Domarlar
tomonidan amalga oshirilgan hamda Xarrod-Domar modeli deb yuritiluvchi model
qo‘llaniladi. Modelda ko‘zda tutilgan asosiy faraz milliy daromadni kapital
miqdoriga proportsionalligi hisoblanadi.
Iqtisodiy o‘sishning salbiy oqibatlaridan biri aholini ijtimoiy, mulkiy
tabaqalanishi kuchayishi hisoblanadi. Shuning uchun ham davlat aholi turli
qatlamlarini himoya qilish maqsadida ijtimoiy siyosatlarni olib boradi.
Daromadlar taqsimlanishining tengsizligini ifodalash uchun ko‘p hollarda
Lorents egri chizig’idan foydalaniladi.
14-MAVZU. IQTISODIY O’SISHNING UMUMIY
TAVSIFI VA NEOKEYNSCHA MODELLARI
47
X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT
Do'stlaringiz bilan baham: |