X. S. Xadjayev, sh sh. Fayziyev m. E. Jabbarov. Makroiqtisodiyot


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/53
Sana21.11.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1793307
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-Makroiqtisodiyot-masala va topshiriqlar

H
 
ar bir mamlakat iqtisodiy o‘sishga intiladi, chunki iqtisodiy o‘sish, 
birinchidan, milliy mahsulot hajmi va daromadning ko‘payishiga, 
ikkinchidan, rssurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangi-yangi 
ehtiyojlar va imkoniyatlarning paydo bo‘lishiga, to‘rtinchidan, xalqaro bozorlarda 
mamlakat obro‘sining oshishiga olib keladi. 
Iqtisodiy o‘sish — bu, ob’ektiv qonuniyat bo‘lib, jami taklifning o‘sishini 
yoki boshqacha aytganimizda potentsial YaIM hajmining oshishini bildiradi. 
Iqtisodiy o‘sish nafaqat ishlab chiqarishning o‘sishini, balki iqtisodiyot 
potentsialining o‘sishini ham bildiradi. 
Iqtisodiy o‘sish YaIMni o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi hamda real 
YaIMning o‘tgan davrga nisbatan aholi jon boshiga o‘zgarishi sifatida aniqlanadi 
va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari harakatini aniqlash uchun 
ishlatiladi. 
Iqtisodiy o‘sish tabiiy hamda mehnat resurslari soni va sifati, asosiy kapital 
hajmi, texnologiyalar kabi omillarga bog’liq. 
Uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni asoslash uchun Xarrod va Domarlar 
tomonidan amalga oshirilgan hamda Xarrod-Domar modeli deb yuritiluvchi model 
qo‘llaniladi. Modelda ko‘zda tutilgan asosiy faraz milliy daromadni kapital 
miqdoriga proportsionalligi hisoblanadi. 
Iqtisodiy o‘sishning salbiy oqibatlaridan biri aholini ijtimoiy, mulkiy 
tabaqalanishi kuchayishi hisoblanadi. Shuning uchun ham davlat aholi turli 
qatlamlarini himoya qilish maqsadida ijtimoiy siyosatlarni olib boradi. 
Daromadlar taqsimlanishining tengsizligini ifodalash uchun ko‘p hollarda 
Lorents egri chizig’idan foydalaniladi.
14-MAVZU. IQTISODIY O’SISHNING UMUMIY 
TAVSIFI VA NEOKEYNSCHA MODELLARI 


47
X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT
 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling