X. S. Xadjayev, sh sh. Fayziyev m. E. Jabbarov. Makroiqtisodiyot
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Makroiqtisodiyot-masala va topshiriqlar
Masalalar
1.Uch yil davomida mehnat sarfi miqdori va uning unumdorligi to‘g’risidagi ma’lumotlar jadvalda keltirilgan: Yil Mehnat sarfi miqdori, (soat) Mehnat unumdorligi ( bir soatda yaratilgan YaIM hajmi (pul birligida)) Real YaIM hajmi, (pul birligida) 1 1000 100 2 1000 105 3 1100 105 Aniqlang: a) Barcha yillar uchun YaIM real hajmini; b) birinchi yilga nisbatan ikkinchi yili mehnat unumdorligi necha foizga o‘sdi; buning natijasida (mehnat sarfi o‘zgarmagan holda) YaIMning real hajmi qancha foizga ortdi? v) ikkinchi yil bilan qiyoslaganda uchinchi yilda mehnat hajmi qancha foizga o‘sdi; buning natijasida (mehnat unumdorligi o‘zgarmagan holda) YaIM necha foizga ortdi? Mehnat sarfi miqdorining ortishi va uning unumdorligi o‘sishi qanday iqtisodiy o‘sish omiliga kiradi? 48 X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT X arrod-Domar modelida kamchiliklar mavjud bo‘lib, bu avvalo dinamik muvozanatning iqtisodiy o‘sish sharoitida chidamli emasligidir. Bu kamchilik ushbu modeldagi kafolatlangan va tabiiy o‘sish sur’atlari o‘rtasidagi nisbat bilan bog’liqdir. Xarrod-Domar modelidagi barcha tarkibiy qismlar: daromad va kapital nisbati, iste’molga chekli moyillik, ishchi kuchini o‘sishi, mehnatni tejovchi texnika taraqqiyoti bir biriga bog’liq emas, shuning uchun muvozonatli iqtisodiy o‘sishga erishish ehtmoli nolga teng. Shu sababdan ham Xarrod-Domar modeli “brtiva lezviyasi” modeli nomini olgan. Bunda undagi tarkibiy qismlarning kam hajmdagi muvozanatsizligi butun tizim muvozanatini buzib yuboradi. Klassik iqtisodiy o‘sish modellarining keynscha modellardan asosiy farqi mehnatning kapital bilan qurollanganlik koeffitsientini tabiatidadir. Klassik iqtisodiy o‘sish modeliga R.Solou modeli misol bo‘ladi va unda Kobb-Duglasning ishlab chiqarish funktsiyasida mehnat va kapital o‘zaro almashishi mumkin, omillar bo‘yicha elastiklik koeffitsientlari yig’indisi 1 ga teng. Solou modeli iqtisodiyotda muvozonatni va omillarning to‘la bandligini saqlovchi uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish mexanizmini ifodalashga imkon beradi. Bu model farovonlikning barqaror o‘sishining yagona asosi sifatida texnik taraqqiyotni ajratadi va iste’molning maksimallashtirishni ta’minlovchi o‘sishni ta’minlovchi maqbul variantni topish imkonini beradi. Solou modeli uzoq muddatli davrda erishiladigan barqaror muvozonatli holatni tahlil qiladi, iqtisodiy siyosatda esa ishlab chiqarish va turmush darajasining qisqa muddatli davrdagi o‘zgarishi ham muhim ekanligi inobatga olinmaganligi, model zamonaviy sharoitda sezilarli ahamiyatga ega bo‘lgan o‘sishni cheklovchi bir qator resurs, ekologiya va ijtimoiy masalalarni qamrab olmaganligi kabi Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling