4
X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT
Kirish
Mamlakat iqtisodiyotini yaxlit bir tizim sifatida tahlil qilish, uni
rivojlantirishning omillaridan
samarali foydalanish,
inflyatsiya darajasini
pasaytirish, global iqtisodiyotga integratsiyalashuv sharoitida
milliy iqtisodiyotni
mutanosib va yuqori sur’atlarda rivojlanishini ta’minlash, milliy valyutamizning
xarid
qobiliyatini mustahkamlash, eksport salohiyatini yuksaltirish, to‘lov
balansining barqarorligini ta’minlash yo‘llarini o‘rganish makroiqtisodiyot fanining
predmetiga kiradigan masalalardir.
Talabalarga mazkur fan xususiyatlari doirasida O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti I.A.Karimovning asarlarida keltirilgan materiallar,
qoidalar va
xulosalarni puxta o‘zlashtirishlari, kelgusi faoliyatida samarali foydalanishlari
hamda ijodiy yondoshishlarini ta’minlash fanni o‘rganish
oldida turgan asosiy
vazifalaridan biridir
“Makroiqtisodiyot” fanini o‘qitishning maqsadi bakalavriat yo‘nalishlarida
ta’lim oluvchi talabalarda mamlakat makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlil etish va
uni dinamikasini qiyosiy taqqoslash hamda davlatning makroiqtisodiy siyosati va
strategiyasini to‘g’ri asoslay olish ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat.
Fanning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda mazkur o‘quv-uslubiy
qo‘llanma talabalarga makroiqtisodiyotdan turli mavzular va ularga oid masalalarni
hal etish uchun ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim ahamiyatga egadir.
Mazkur o‘quv qo‘llanmadan barcha qiziquvchilar:
talabalar, dars olib
boruvchi professor-o‘qituvchilar
foydalanishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: