7
X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT
M
illiy iqtisodiyotda
ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish
hajmi va ularning
o‘sishi bir qator ko‘rsatkichlar tizimi orqali makroiqtisodiy darajada
aniqlanib, tahlil qilinadi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning
holati uning o‘sishi yoki
orqaga ketishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular
yordamida davlat o‘z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar
tizimi, YaIMni uning harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni ishlab chiqarish,
taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko‘rgazmali
shaklda aks ettirishga imkon beradi.
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan
foydalanishning mos kelishi (tengligi)
kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy
iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi.
Muayyan mamlakat iqtisodiy holatini ifoda etuvchi ko‘rsatkichlar
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar deb yuritiladi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar
miqdor
va sifat ko‘rsatkichlariga guruhlanadi. Makroiqtisodiy miqdor ko‘rsatkichlari
muayyan mamlakatlar iqtisodiyotini ifodalasa, sifat ko‘rsatkichlari
mazkur
mamlakatlar iqtisodiyotini nisbiy jihatdan aks ettiradi. Makroiqtisodiy miqdor
ko‘rsatkichlariga kuyidagi ko‘rsatkichlar kiradi : Yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof
ichki mahsulot (SIM), milliy daromad (MD), shaxsiy daromad (ShD), ixtiyordagi
daromad (ID) va boshqalar. Makroiqtisodiy sifat ko‘rsatkichlariga
kuyidagi
ko‘rsatkichlar kiradi : inflyatsiyaning o‘sish sur’atlari, ishsizlik darajasi, aholining
ish bilan bandlik darajasi, aholi jon boshiga to‘g’ri
keladigan yalpi ichki
mahsulot va boshqalar.
Bu ko‘rsatkichlar iqtisodiy tizimning umumiy holatini ifodalab,
ijtimoiy
ishlab chiqarishdagi barcha qatnashuvchilarning (korxona, tarmoq, mintaqa, davlat)
Do'stlaringiz bilan baham: