X. S. Xadjayev, sh sh. Fayziyev m. E. Jabbarov. Makroiqtisodiyot


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/53
Sana21.11.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1793307
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-Makroiqtisodiyot-masala va topshiriqlar

M
 
 
Masalalar 
 
 
 
akroiqtosodiy muvozanatni ta’minlashda tovar va xizmatlar bozorida 
muvozanatni ta’minlash muhimdir. Bu masalani hal etishda 
rejalashtirilgan xarajatlar hamda haqiqatda sarf qilingan xarajatlarni bir biri bilan 
solishtirish orqali iqtisodiyot uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdorini 
aniqlash mumkin. Bu o‘rinda Keyns xochi alohida ahamiyatga egadir. 
Investitsiyalar funktsiyasi va Keyns xochi asosida foiz stavkasi va daromad 
darajasi o‘rtasidagi teskari bog’liqlik o‘rnatiladi va bu bog’liqlik investisiyalar 
hamda jamg’armalar tengligi ayniyatini bajarilishini ta’minlovchi IS egri chizig’i 
yordamida aks ettiriladi. 
Davlat xarajatlarini oshishi (

G) daromadlarni berilgan darajasida 
rejalashtirilayotgan jami xarajatlarni o‘sib borishini bildiradi. Davlat xarajatlarini 
bir miqdorga ko‘payishida muvozanatli daromad qancha oshganligini bildiruvchi 
koeffitsient davlat xarajatlarining multiplikatori deb ataladi.
Soliqlarning o‘zgarishi daromad va iste’molga teskari ta’sir ko‘rsatadi. 
Soliqlarni kamayishi multiplikator samarasini keltirib chiqaradi, ya’ni daromadlarni 
soliqlar o‘zgarishi miqdoriga qaraganda yanada ko‘proq qo‘shimcha o‘sishiga olib 
keladi. 
Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdorining katta yoki kichikligi byudjet 
soliq siyosati samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi.
7-MAVZU. KEYNSNING TOVARLAR VA XIZMATLAR 
BOZORIDA MAKROIQTISODIY MUVOZANAT MODELI 


25
X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT
1.Iste’mol xarajatlari 350 sh.b.ni, rejalashtirilgan investitsiyalar 100 sh.b.ni, 
davlat xarajatlari 150 sh.b.ni tashkil etadi. Investitsiyalar 10 sh.b.ka ko‘paydi. 
Daromadning yangi muvozanatli darajasi 640ni tashkil qildi. Iste’molga va 
jamg’arishga o‘rtacha moyillikni toping. 
▲ ▲ ▲ 
2.Dastlabki avtonom investitsiyalar natijasida yalpi ichki mahsulot 10 mlrd. 
pul birligiga oshdi (

Y). Jamg’arishga chegaralangan moyillik (MPS) 0,2 ga teng 
bo‘lsa, bu investitsiyalar miqdorini toping. 
▲ ▲ ▲ 
3. Mamlakat aholisi ixtiyoridagi daromadning 20%i jamg’ariladi, avtonom 
iste’mol: a = 200. Narxlar darajasi va ish haqining nominal stavkasi o‘zgarmaydi. 
Investitsiyaga talab I = 200, davlat xaridlari G = 800, real milliy daromad Y = 
3000. Soliqlar hajmi daromad darajasiga bog’liq emas. 
Agar davlat xarajatlari 50 birlikka oshsa - da soliqlar hajmi o‘zgarmasa, real 
milliy daromad qanchaga o‘zgaradi. 
▲ ▲ ▲ 
4. Real daromadning darajasi Y = 4000, Iste’molga bo‘lgan chekli moyillik 
MPS = 0,8, potentsial daromad Y* = 4200. Mamlakat iqtisodiyoti to‘la bandlik 
sharoitidagi daromadga erishishi uchun hukumat soliq tushumlarini qanchaga 
o‘zgartirishi kerak. 
▲ ▲ ▲ 
5. Iqtisodiyot modeli quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalanadi: 
Iste’mol funktsiyasining ko‘rinishi C = 800 + 0,9 (Y - T), davlat xarajatlari G 
= 500, investitsiya hajmi I = 360, soliqlar hajmi T = 400. 
1) 
Muvozanatli YaIMni aniqlang; 
2) 
Davlat xarajatlari va soliq multiplikatorlarini aniqlang; 


26
X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT
3) 
Agar potentsial YaIM = 15000 teng bo‘lsa, unga erishish uchun 
hukumat davlat xarajatlarini qanchaga o‘zgartirish kerak? 
▲ ▲ ▲ 
6. 
O‘tgan yilda iqtisodiyotda YaIM = 1000, G = 100 tashkil etdi. 
Mamlakat hukumati o‘z xarajatlarini 50ga oshirib, YaIMni 200ga o‘sishiga 
erishishdi va ikki yil davomida davlat byudjetining kamomadi 0ga teng bo‘lgan. 
Iste’molga bo‘lgan cheklangan moyillikni aniqlang. 
▲ ▲ ▲ 
7. 
2013 yilda YaIM - 2300, xususiy investitsiyalar 200ni tashkil etgan. 
2014 yilda esa bu ko‘rsatkichlar 2550 va 250ga teng bo‘lgan. Agar soliqlar 
solinmasa va davlat xarajatlari 100 ga teng bo‘lsa, iste’mol va jamg’arma 
funktsiyalarining ko‘rinishi qanday bo‘ladi? Daromadni aniqlang. 
▲ ▲ ▲ 
8. 
Iqtisodiyot quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalangan. 
Y=S+I 
S=100+0,8Y 
I=50 
Bu yerda U-daromad, S-iste’mol, I-investitsiyalar 
Quyidagilarni aniqlang: 
a) daromadning muvozanatli darajasi 
b) jamg’arma va iste’molning muvozanatli darajasi 
v) ishlab chiqarish darajasi 800 ga teng bo‘lganda mahsulot zahiralarini 
rejalashtirilmagan o‘sishi qanday bo‘lishini 
▲ ▲ ▲ 
9. 2013- yilda YaIM - 2300, xususiy investitsiyalar 200ni tashkil etgan. 2014 
yilda esa bu ko‘rsatkichlar 2550 va 250ga teng bo‘lgan. Avtonom soliqlar hajmi - 
120, davlat xarajatlari 100ga teng. Iqtisodiyotda haqiqiy ishsizlik darajasi tabiiy 


27
X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT
ishsizlikdan 2% oshgan, davriy ishsizlikning YaIM o‘zgarishiga ta’sirchanlik 
koeffitsienti 3ga teng. Avtonom xarajatlar hajmini, muvozanatli va potentsial 
YaIM, inflyatsion (retsession) uzilishni hamda bu uzilishni bartaraf qilish uchun 
davlat xarajatlarini qanchaga oshirish kerakligini aniqlang. 
▲ ▲ ▲ 
10. Yopiq iqtisodiyotda soliqning 20 mlrd. dollarga o‘sishi va bu bilan 
bog’liq jami talabning qisqarishi sof ichki mahsulot (SIM)ni 60 mlrd. dollarga 
pasayishiga olib keldi. SIM miqdori investitsiyaga va soliq darajalariga ta’sir 
etmaydi. Xarajatlar multiplikatori miqdorini aniqlang. 
▲ ▲ ▲ 
11. O‘tgan yilda YaIM 1000, davlat xarajatlari 100ga teng bo‘lgan. hukumat 
davlat xarajatlarini 50ga oshirishi bilan YaIM ning 200ga o‘sishiga erishdi. 
Iste’molga bo‘lgan cheklangan moyillik miqdorini aniqlang. 
▲ ▲ ▲ 
12. Iste’mol funksiyasi berilgan: C = 90 + 0,85Y. Agar uy xo‘jaliklari 
daromadi 350ga teng bo‘lsa, jamg’arma hajmini aniqlang. 
▲ ▲ ▲ 
13. Iste’mol funktsiyasi quyidagicha: C = 60 + 0,8Y. Avtonom investitsiyalar 
hajmi - 50, davlat xarajatlari - 20. quyidagilarni aniqlang: 
a) 
ushbu iqtisodiyot uchun muvozanatli daromad darajasini; 
b) 
multiplikator miqdorini
c) 
davlat xarajatlari oshgan holda G = 30 muvozanatli daromad 
darajasini. 
 


28
X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling