X. S. Xadjayev, sh sh. Fayziyev m. E. Jabbarov. Makroiqtisodiyot
-MAVZU. YALPI TALAB - YALPI TAKLIF MODELI
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Makroiqtisodiyot-masala va topshiriqlar
5-MAVZU. YALPI TALAB - YALPI TAKLIF MODELI 20 X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT bo‘ladi. 1.Uzoq muddatli AD egri chizig’i Y = 3000 tengligi, qisqa muddatli AS egri chizig’i R = 1,0 darajasida berilgan. AD egri chizig’i tenglamasi: Y = 3,0 M/P. Pul taklifi (M) 1000 ga teng. Narx shoki natijasida qisqa muddatli AS egri chizig’i P = 1,5 darajasiga siljgan, uzoq muddatli AD egri chizig’i - Y = 2500. AD egri chizig’i esa o‘zgarmagan. Qisqa va uzoq muddatdagi yangi Y va P ni aniqlang. ▲ ▲ ▲ 2. Uzoq muddatli AS egri chizig’i Y=2000, qisqa muddatli AS- egri chizig’i P=1,0 darajasida gorizontal. AD egri chizig’i tenglamasi Y=2.0 *M/P. Pul taklifi (M) 1000 ga teng. Baho shoki natijasida yalpi taklif egri chizig’i P=1.25 darajasigacha ko‘tarildi. a) shokdan so‘ng iqtisodiyotda o‘rnatilgan qisqa muddatli muvozanat nuqtasining koordinatlari qanday? b) iqtisodiyotda ishlab chiqarishning dastlabki darajasini tiklash uchun Markaziy bank pul taklifini qanchaga oshirishi kerak? ▲ ▲ ▲ 3. Markaziy bank siyosati iqtisodiyotdagi pul taklifini 5%ga kamayishiga olib keldi. a) bu siyosat AD egri chizig’ida qanday aks ettiriladi? b) qisqa va uzoq muddatli davrlarda ishlab chiqarish hajmi hamda narxlar darajasi qanday o‘zgaradi? ▲ ▲ ▲ 4. Iqtisodiyotda uzoq muddatli davrdagi AS egri chizig’i quyidagicha berilgan Y = 3000, qisqa muddatli davrdagi AS egri chizig’i esa P = 1,0 darajada Masalalar 21 X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT joylashgan. AD egri chizig’ining tenglamasi quyidagicha Y = 3,0 M/P. Pul taklifi (M) 1000 teng. Narx shoki natijasida qisqa muddatli AS egri chizig’i P = 1,5 darajasigacha, uzoq muddatli AS egri chizig’i esa Y = 2500 darajasigacha surilgan. AD egri chizig’i o‘zgarmagan. qisqa va uzoq muddatli davrlarda yangi muvozanatli Y va P qiymatlarini aniqlang. ▲ ▲ ▲ 5. Potentsial YaIM (Y) 3000ga teng, qisqa muddatli AS egri chizig’i P = 1,0 darajada gorizontal ko‘rinishga ega. AD egri chizig’ining formulasi quyidagicha: Y = 2000 + M/R. Pul taklifi 1000 ga teng. Narx shoki natijasida qisqa muddatli AS egri chizig’i P = 1,5 darajagacha surildi. Ishlab chiqarish hajmini potentsial darajasida (Y = 3000) saqlab qolish uchun Markaziy bank pul taklifini qanchaga oshirishi mumkin? ▲ ▲ ▲ 6. O‘tgan yilda AD egri chizig’ining tenglamasi quyidagicha edi: Y = 3300 – 3P. Joriy yilda esa bu tenglamaning ko‘rinishi: Y= 3270 – 3P. Potentsial YaIM o‘zgarmagan va 3000 darajada qolgan. Qisqa muddatli davrda muvozanatli YaIM va uzoq muddatli davrda inflyatsiya darajasini aniqlang. ▲ ▲ ▲ 7. Faraz qilaylik, OPEK tasodifan tarqalib ketdi va neft narxlari keskin tushib ketdi. Bu vaziyatni chizmada aks ettiring va AD, AS egri chiziqlarini, ishlab chiqarish hajmini hamda narxlar o‘zgarishini ko‘rsatib bering. ▲ ▲ ▲ 8. 2013 yilda potentsial YaIM 400 ni tashkil etdi va yalpi talab egri chizig’i quyidagi tenglama bilan ifodalandi Y=4200-2R. 2014 yilda potentsial YaIM 1 foizga o‘sdi va yalpi talab egri chizig’ining tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi Y=4200-2R. 2014 yilda narxning muvozanatli darajasi necha foizga o‘zgarganini aniqlang? 22 X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling