X. S. Xadjayev, sh sh. Fayziyev m. E. Jabbarov. Makroiqtisodiyot
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Makroiqtisodiyot-masala va topshiriqlar
Yillar
2013 yil 2014 yil narx miqdor Narx miqdor Soatlar 20 15 25 12 Futbolkalar 10 25 8 30 Sovutgichlar 750 5 950 8 12 X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT M amlakatlar iqtisodiyotining muntazam ravishda ortib borishiga erishish har bir jamiyat oldida turgan muhim masalalardan biri hisoblanadi. Biroq, mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotida bunday vaziyatga erishish murakkab bo‘lib, iqtisodiyotda doimiy tebranishlar yuzaga kelib turadi, ya’ni iqtisodiyotda pasayish, iqtisodiy tanglik davrlari iqtisodiy faollik va ko‘tarilish bilan almashadi. Iqtisodiy taraqqiyotning davriylik xususiyati fan-texnika taraqqiyoti bilan bog’liqligi tufayli asosiy fondlarni sakrash yo‘li bilan yangilanishi yuz beradi, yangi texnologik jarayonlar tadbiq etiladi, milliy daromad, iste’mol, jamg’arish va investitsiyalar o‘rtasida o‘zaro bog’liqlik o‘zgaridi. Iqtisodiy taraqqiyotda ishlab chiqarishning real hajmini vaqti-vaqti bilan bo‘lib turadigan bunday kengayishi yoki qisqarishi iqtisodiy davr deb ataladi. Iqtisodiyotda davriy rivojlanishining asosiy sabablaridan biri ishsizlik jarayoni hisoblanadi. Bu jaryonni tahlil qilishda ishchi kuchi tushunchasi muhim rol o‘ynaydi. Ishchi kuchi deganda aholining mehnatga layoqatli yoshdagi tarkibiga kiruvchi ishlayotgan va ishsizlarning umumiy soni tushuniladi. Ishchi kuchlarining miqdori va sifati, uni jins, yosh va kasb tarkibi mamlakatning iqtisodiy imkoniyatiga va undan samarali foydalanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Ishsizlar – bu ishchi kuchining bir qismi bo‘lib, ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‘lmagan, lekin ishlashni hohlovchi va ish qidirayotganlardir. Ishsizlik darajasi va YaIM uzilishi o‘rtasidagi miqdoriy nisbat makroiqtisodiyot sohasidagi taniqli tadqiqotchi Artur Ouken tomonidan aniqlangan Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling