X. S. Xadjayev, sh sh. Fayziyev m. E. Jabbarov. Makroiqtisodiyot


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/53
Sana21.11.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1793307
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-Makroiqtisodiyot-masala va topshiriqlar

M
 
 
Masalalar 
 
 
 
 
illiy ishlab chiqarish o‘rtasidagi barcha iqtisodiy munosabatlar pul yoki 
uning vositalari yordamida amalga oshiriladi va pul maxsus hususiyatga 
ega bo‘lgan tovar hisoblanib, ayirboshlashning rivojlanishi natijasida paydo 
bo‘lgan. 
Pulga bo‘lgan umumiy talab bitimlar uchun pulga talabdan va moliyaviy 
aktivlar uchun pulga talabdan iborat. Bitimlar uchun pulga talab – bu aholiga va 
korxona, firmalarga tovar hamda xizmatlarni xarid qilish uchun zarur bo‘lgan pul 
miqdoridir. U nominal YaIMni o‘sishi bilan oshib boradi. Moliyaviy aktivlar 
tomonidan pulga bo‘lgan talab pulning jamg’arish vositasi sifatidagi funktsiyasiga 
asoslangan. 
Pulga bo‘lgan umumiy talab foiz stavkasi miqdoriga yoki pulning ishlatilishi 
bahosiga nisbatan teskari bog’liqlikda bo‘ladi.
Pulga talab bildirishning transaktsion, ehtiyotkorlik va chayqovchilik 
sabablari mavjud. 
Baumol-Tobin modeli har bir davr boshlanishida daromad uy xo‘jaliklariga 
naqd emas, balki depozitga kafolatlangan foizli daromad bilan o‘tkazilishini ko‘zda 
tutadi.
1. Pulga bo‘lgan umumiy talab nominal ifodada 1000 so‘mga teng. Aktivlar 
tomonidan pulga bo‘lgan talab funktsiyasi: L = 204 – 20i. Nominal foiz stavkasi i = 
20%. 
8-MAVZU. . PULGA TALAB FUNKSIYASI 


29
X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT
a) 
bitimlar uchun pulga bo‘lgan talabni aniqlang; 
b) 
agar nominal milliy daromad 2400 ga teng bo‘lsa, pul aylanish tezligi 
nechaga teng bo‘ladi. 
▲ ▲ ▲ 
2. Aktivlar tomonidan pulga bo‘lgan talab funktsiyasi Md1 = 102 – 20i, 
bitimlar uchun pulga bo‘lgan talab funktsiyasi Md2 = 52 – 20i hamda nominal foiz 
stavkasi i = 10% bo‘lganda Pulga bo‘lgan umumiy talabni aniqlang. 
▲ ▲ ▲ 
3. Agar milliy daromad 100 trln.so‘mni tashkil etsa va unga pulga bo‘lgan 
talabning ta’sirchanlik koeffitsiyenti 5 ga, pulga bo‘lgan talabning foiz stavkasiga 
ta’sirchanlik koeffitsiyenti 7 ga, narx darajasi 2 ga teng bo‘lsa hamda pulga bo‘lgan 
talab 120 trln. so‘m bo‘lganda, foiz stavkasi qanday bo‘lishi lozim? 
▲ ▲ ▲ 
4. Agar milliy daromadga pulga bo‘lgan talabning ta’sirchanlik koeffitsiyenti 
10 ga, pulga bo‘lgan talabning foiz stavkasiga ta’sirchanlik koeffitsiyenti 5 ga, narx 
darajasi 3 ga teng bo‘lsa hamda pulga bo‘lgan talab 150 trln. so‘m, foiz stavkasi
esa 10 foiz bo‘lganda milliy daromad qanday bo‘lishini aniqlang. 
▲ ▲ ▲ 
5. Agar milliy daromad 144 trln.so‘mni tashkil etsa va unga pulga bo‘lgan 
talabning ta’sirchanlik koeffitsiyenti 2 ga, pulga bo‘lgan talabning foiz stavkasiga 
ta’sirchanlik koeffitsiyenti 3 ga, hamda pulga bo‘lgan talab 160 trln. so‘m 
bo‘lganda, foiz stavkasi 10 foiz bo‘lganda, narx darajasi qanday bo‘ladi? 
 


30
X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling