X. S. Xadjayev, sh sh. Fayziyev m. E. Jabbarov. Makroiqtisodiyot
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Makroiqtisodiyot-masala va topshiriqlar
Masalalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 13 fevraldagi 26-sonli qaroriga muvofiq Mikrofirmalar va kichik korxonalar 2015 yil 1 yanvardan boshlab yagona ijtimoiy to‘lovni belgilangan stavka bo‘yicha (ya’ni 15 foiz), biroq har bir xodimga eng kam oylik ish haqining 65 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblaydilar. (Avval esa, ular eng kam oylik ish haqi miqdordan kam bo‘lmagan holda hisoblar edi). Jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga soliq solishda yer uchastkalarining normativ maydonidan ortiq qismiga belgilangan soliq stavkalarga nisbatan 1,5 miqdorida ko‘paytiruvchi koeffitsient qo‘llanilishi belgilandi. Er uchastkalarining normativ maydonlari quyidagicha: Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat buysunuvidagi shaharlarda – 0,06 gektar (6 sotix). Boshqa aholi punktlarida (dehqon xo‘jaliklari bundan mustasno) – 0,1 gektar (10 sotix) Mikrofirma, kichik korxona va fermer xo‘jaliklari uchun yagona ijtimoiy to‘lovning amaldagi 25 % stavkasi 15 %ga pasaytirildi. Masalalarni echishda yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan foydalanish tavsiya etiladi. 1. Sartaroshlik xizmatlari, manikyur, pedikyur, kosmetolog va boshqa shunga o‘xshash xizmatlar uchun 2014 yil bir oyga to‘lanadigan soliq miqdori Toshkent shahrida eng kam ish haqining 4 baravari, Nukus shahri va viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlarda 2 baravari, boshqa aholi punktlarida 1 baravari miqdorida o‘rnatilgan edi. 2015 yilda bu soliq miqdorlari eng kam ish haqining 0,5 baravariga qisqartirildi. Shu ma’lumotlarga asoslangan holda soliq miqdorlarini barcha hududlar uchun 2014 va 2015 yillar uchun hisoblang va solishtiring. 35 X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT ▲ ▲ ▲ 2. Quyidagi jadvalda keltirilgan ma’lumotlar asosida davlat byudjetiga soliqlar hisobiga har bir yil uchun kelib tushadigan daromadlar miqdorini aniqlang. Faraz qilaylik, Toshkent viloyatida joylashgan bitta turar joyning inventarizatsiya qiymati 50 mln. so‘m va viloyatda 10 mingta shunday turar joy mavjud. Toshkent shahrida umumiy maydoni 200 kv.m dan oshiq va 500 kv.m gacha bo‘lgan turar joy va kvartiralar 100 mingta, 500 kv.m dan oshiq bo‘lgan turar joy va kvartiralar esa 50 mingta. Soliq tushumlarini tahlilini amalga oshiring. Soliq solinadigan ob’yektlarning nomi Soliq stavkasi, mol-mulkning inventarizatsiya qiymatiga nisbatan %da 2012 yil uchun 2013 yil uchun 2014 yil uchun 2015 yil uchun Turar joylar, kvartiralar dala hovli qurilmalari, garajlar va boshqa imoratlar, xonalar va inshootlar* 0,9 1,04 1,2 1,3 Shaharlarda joylashgan umumiy maydoni quyidagicha bo‘lgan turar joylar va kvartiralar: 200 kv.m dan oshiq va 500 kv.m gacha bo‘lgan 1,1 1,25 1,4 1,6 500 kv.m dan oshiq bo‘lgan 1,35 1,55 1,8 2,2 *shaharlarda joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m dan oshiq bo‘lganlari bundan mustasno ▲ ▲ ▲ 3. Toshkent shahri va viloyat markazlarida hamda boshqa shaharlar va qishloq joylarda 5 sotix, 8 sotix yer uchastkasi mavjud bo‘lgan fuqarolardan undiriladigan yer solig’i summasini 2014 va 2015 yillar uchun hisoblang. ▲ ▲ ▲ 36 X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT 4. Quyida keltirilgan ma’lumotlardan foydalangan holda 2014 va 2015 yillar uchun oylik daromadi 500 ming so‘m, 1 mln. so‘m hamda 1, 5 mln.so‘m bo‘lgan jismoniy shaxslardan undiriladigan soliq summasini aniqlang. Olingan natijalar asosida jismoniy shaxslarning soliq yuki pasayganligi yoki ortganligini izohlang. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling