X. S. Xadjayev, sh sh. Fayziyev m. E. Jabbarov. Makroiqtisodiyot


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/53
Sana21.11.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1793307
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-Makroiqtisodiyot-masala va topshiriqlar

2014 yilda 
Soliq solinadigan daromad 
Soliq stavkasi 
eng kam ish haqining 5 barvarigacha miqdorda 
7,5 % 
eng kam ish haqining 5 baravaridan (+1 so‘m) 10 
baravarigacha miqdorda 
16 % 
eng kam ish haqining 10 baravari (+1 so‘m) va undan 
yuqori miqdorda 
22 % 
2015 yilda 
Soliq solinadigan daromad 
Soliq stavkasi 
eng kam ish haqining 1 barvarigacha miqdorda 
0 % 
eng kam ish haqining 1 baravaridan (+1 so‘m) 5 
baravarigacha miqdorda 
8,5 % 
eng kam ish haqining 5 baravaridan (+1 so‘m) 10 
baravarigacha miqdorda 
17 % 
eng kam ish haqining 10 baravari (+1 so‘m) va undan 
yuqori miqdorda 
23 % 
 
 


37
X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT
B
 
 
 
yudjet-soliq siyosati deganda noinflyatsion YaIM ishlab chiqarish 
sharoitida 
iqtisodiyotda 
to‘liq 
bandlilikni, 
to‘lov 
balansining 
muvozanatini va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va 
soliqlarini o‘zgartirishni o‘z ichiga olgan chora-tadbirlar tushuniladi. 
Iqtisodiyot turg’unlik yoki pasayish davrida bo‘lgan vaziyatlarda davlat 
tomonidan rag’batlantuvchi, iqtisodiyotda to‘liq bandlik va ortiqcha talab 
natijasida inflyatsiya kelib chiqishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda esa cheklovchi 
fiskal siyosat olib boriladi.
Rag’batlantuvchi fiskal siyosat davlat xarajatlarnni (G) oshirish yoki 
soliqlarni (T) kamaytirish yoki bo‘lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish 
orqali, cheklovchi fiskal siyosat davlat xarajatlarnni (G) kamaytirish yoki 
soliqlarni (T) oshirish yoki bo‘lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali 
amalga oshiriladi.
Hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi bo‘lsa, davriy pasayishni 
tugatish uchun o‘z xarajatlarini oshirishi, inflyatsiyani cheklash uchun esa 
soliqlarni oshirishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Fiskal siyosat davlat sektorini cheklashga qaratilgan bo‘lsa, davriy 
pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy ko‘tarilish paytida esa davlat 
xarajatlarini oshirish maqbul yo‘l hisoblanadi. 
Davlat diskretsion yoki nodiskretsion fiskal siyosat olib borishi mumkin. 
Diskretsion fiskal siyosat davlat xarajatlari, soliqlar va davlat byudjeti qoldig’ini 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling