X. S. Xadjayev, sh sh. Fayziyev m. E. Jabbarov. Makroiqtisodiyot


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/53
Sana21.11.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1793307
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-Makroiqtisodiyot-masala va topshiriqlar

M
 
 
 
arkaziy bank – bank tizimi mavjud bo‘lgan barcha davlatlar pul-kredit 
tizimining asosini tashkil qiladi. Markaziy bankning moliya bozoridagi 
o‘rni mamlakatda bozor munosabatlarining rivojlanish darajasiga va xususiyatiga 
bog’liq. Bu esa o‘z navbatida ikki pog’onali bank tizimini shakllanishiga asosiy 
omil bo‘lib hisoblanadi.
Ikki pog’onali bank tizimining zarurligi bozor munosabatlarining qarama-
qarshiliklaridan kelib chiqadi. Bir tomondan, bu xususiy moliya mablag’laridan 
erkin foydalanish huquqini talab qiladi. Bu quyi pog’ona banklar-tijorat banklari 
orqali amalga oshiriladi. Ikkinchi tomondan, bu munosabatlarni ma’lum miqdorda 
tartibga solish nazorat qilish maqsadli yo‘naltirish zarur. Bunday maxsus institut 
sifatida Markaziy bank yuzaga chiqadi. 
Markaziy bank hisob stavkasi, majburiy zaxiralar normasi, ochiq bozordagi 
operatsiyalar yordamida pul yoki asosan bank depozitlari ko‘rinishidagi pul 
massasiga yoki foiz stavkasiga ta’sir o‘tkazadi, taklifini o‘zgartiradi va shular 
orqali pul-kredit muomalasini tartibga solib turadi. 
Keynschilar pul taklifining o‘zgarishi foiz stavkasining o‘zgarishiga olib 
keladi, u esa o‘z navbatida, investitsiyalarga bo‘lgan talabning o‘zgarishi orqali 
ishlab chiqarish hajmiga, ya’ni YaIMga ta’sir etadi, deb hisoblasalar, 
monetaristlar pul miqdorining o‘zgarishi bilan YaIM o‘zgarishi o‘rtasida 
yaqinroq aloqa mavjud, ya’ni pul miqdorining o‘zgarishi bevosita YaIM 
o‘zgarishiga olib keladi, deb hisoblashadi. 
Davlatning pulga bo‘lgan talab va taklifni o‘zgartirish borasidagi siyosati 
monetar siyosat deb yuritiladi. Ushbu siyosatni o‘tkazish orqali davlat 
iqtisodiyotni tartibga solib turadi. 
12-MAVZU. BANK TIZIMI. PUL-KREDIT 
SIYOSATI 


41
X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling