X. S. Xadjayev, sh sh. Fayziyev m. E. Jabbarov. Makroiqtisodiyot


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/53
Sana21.11.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1793307
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-Makroiqtisodiyot-masala va topshiriqlar

D
 
 
 
 
avlat byudjeti ijtimoiy munosabatlarning bir qismini ifoda etib
davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulotning 
nisbatan kattagina qismini to‘plash va uni jamiyat taraqqiyotining turli sohalarini 
rivojlanishiga yo‘naltirish imkonini beradigan muhim taqsimlash vositasidir. 
Mamlakatning 
asosiy 
moliyaviy 
rejasi 
ko‘rinishida 
qonuniy 
rasmiylashtirilgan, davlat pul fondlarini yaratish va ulardan foydalanish borasidagi 
iqtisodiy munosabatlar majmuiga davlat byudjeti deyiladi. Davlat byudjeti 
taqsimlash va nazorat funktsiyani bajaradi. 
Davlat byudjetining daromadlari mamlakat yalpi ichki mahsulotini 
taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining elementlaridan biri bo‘lib, 
ular oraliq (tranzit) xarakterga ega. Ular yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli 
bo‘lgan daromadlar va jamg’armalarning bir qismini byudjetga o‘tkazilishi 
natijasida vujudga keladi. Byudjet daromadlarining moddiy-buyumlashgan 
mazmunini davlatning ixtiyoriga borib tushgan pul mablag’lari tashkil etadi. Bu 
byudjet kategoriyasining namoyon bo‘lish shakli byudjetga tushuvchi turli soliqlar, 
to‘lovlar, yig’imlar, bojlar va ajratmalardan iborat. 
Milliy iqtisodiyotga byudjetdan xarajat qilinishi davlatning xo‘jalik 
yurituvchi asosiy sub’ektlardan biri ekanligidan darak beradi. 
Davlat byudjeti xarajatlarining tarkibi va uning tuzilmasi davlatning 
tabiatiga, u tomonidan bajarilayotgan funktsiyalarga, milliy xo‘jalikning 
ehtiyojlariga bog’liq hamda byudjet mexanizmi orqali ishlab chiqarish va 
10-MAVZU. DAVLAT BYUDJETI. SOLIQLAR 


33
X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT
iste’molning ba’zi bir omillariga davlatning ta’sirchanligini ta’minlash kabilar bilan 
belgilanadi.
Soliqni hisoblash 2015 yil 1 yanvaridagi amalda bo‘lgan eng kam ish haqi 
miqdori, ya’ni 118 400 so‘mdan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi va yil 
davomida eng kam ish haqi miqdori o‘zgargan taqdirda ham qayta ko‘rib 
chiqilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 181-moddasida ko‘rsatilgan 
jismoniy shaxslarning alohida daromadlariga (shu jumladan, mol-mulkni ijaraga 
berishdan olingan daromadlariga) 8,5 foizlik stavka bo‘yicha soliq solinadi. 
Qurilish industriyasini rivojlantirish bilan bog’liq yana bir qulaylik, ya’ni 
qurilish faoliyati bilan shug’ullanayotgan mikrofirma va kichik korxonalar uchun 
yagona soliq to‘lovi stavkasi 2015 yil 1 yanvardan boshlab 1 foizli punktga, ya’ni 
2014 yildagi 6 foiz o‘rniga 5 foizga pasaytirildi.
2014 yilda Yagona soliq to‘lovi stavkalari: ulgurji savdo tovar aylanmasiga – 
5%, chakana savdo tovar aylanmasiga – 4%; 2%; 1%. 2015 yilning 1 yanvaridan 
boshlab yagona soliq to‘lovi stavkasi unifikatsiya qilinib (birxillashtirilib), 5 foiz 
miqdorida belgilandi.
2015 yilning 1 yanvaridan boshlab alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi 
korxonalarga alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarishda foydalangan suv 
hajmlarining 1 kub. metri uchun 10 000 so‘m miqdorida hamda boshqa maqsadlar 
uchun 1 kub. metr yer usti suv manbalari uchun 61,9 so‘m va yer osti suv 
manbalari uchun 78,6 so‘m miqdorida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 
to‘lashlari belgilandi.
Jismoniy shaxslar mol-mulkining baholash organlari tomonidan belgilangan 
inventarizatsiya qiymati mavjud bo‘lmaganda, soliqni undirish 2015 yil 1 
yanvardan boshlab mol-mulkni Toshkent shahri va viloyat markazlarida 
20 328,0 ming so‘m miqdoridagi, boshqa shaharlar va qishloq joylarda esa 8 833,0 
ming so‘m miqdoridagi shartli qiymatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. 


34
X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling