X. S. Xadjayev, sh sh. Fayziyev m. E. Jabbarov. Makroiqtisodiyot


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/53
Sana21.11.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1793307
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-Makroiqtisodiyot-masala va topshiriqlar

T
 
 
 
o‘lov balansi mamlakatning harid qobiliyatini ifoda etuvchi ko‘rsatkich 
bo‘lib, mamlakatning ma’lum bir vaqt davomidagi barcha tushumlari 
va chetga qilgan barcha xarajatlari unda o‘z aksini topadi. To‘lov balansning asosiy 
moddalari joriy operatsiyalar va kapital harakati bilan bog’liq operatsiyalar 
hisoblanadi hamda ular makroiqtisodiy modellarda ham qo‘llaniladi. 
To‘lov balansning asosiy moddalari bir-birlari bilan o‘zaro bog’langan, ya’ni 
birinchisining taqchilligi kapitalning sof oqib kelishi bilan moliyalashtiriladi. Bu 
ikki bo‘lim aslida bir-birlarini baravarlashtirib turishi lozim, ammo haqiqatda 
doimo taqchillik yoki ortiqchalik hollari mavjud. Mamlakatlarning Markaziy 
banklari rasmiy valyuta rezervlari yordamida to‘lov balansni tartibga soladi, ya’ni 
uning qoldig'ini nolga keltiradi. 
To‘lov balansi taqchilligi Markaziy bank rasmiy zahiralarini qisqartirish 
hisobiga moliyalashtirilishi mumkin. Bunday vaziyatda ichki bozorda chet el 
valyutasi taklifi oshadi. To‘lov balansining ijobiy qoldig’i Markaziy bankning 
rasmiy valyuta zahiralari miqdorining ortishiga olib keladi. Bunda Markaziy bank 
valyuta zaxiralarini to‘ldirish uchun chet el valyutasini sotib olishi natijasida ichki 
bozorda milliy valyuta taklifi nisbatan oshadi, uning almashinuv kursi kamayadi
bu hol esa iqtisodiyotga, investitsiyalar hajmi va iqtisodiy o‘sishga 
rag’batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Jahon foiz stavkalarining oshishi kapital harakati hisobi bo‘yicha 
taqchillikka, joriy operatsiyalar hisobi bo‘yicha musbat qoldiqqa erishishga olib 
keladi. Jahon foiz stavkalarining pasayishi esa joriy operatsiyalar hisobi bo‘yicha 
taqchillikka, aksincha kapital harakati hisobi bo‘yicha musbat qoldiqqa erishishga 
olib keladi. 
19-MAVZU. VALYUTA KURSI 


64
X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling