X. S. Xadjayev, sh sh. Fayziyev m. E. Jabbarov. Makroiqtisodiyot


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/53
Sana21.11.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1793307
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-Makroiqtisodiyot-masala va topshiriqlar

JAHON ZAXIRA VALYuTALARI – umumjahon miqyosida tan olinib, 
markaziy banklar tomonidan valyuta zaxiralari sifatida jamg’ariluvchi valyutalar. 
Ular investitsion aktiv vazifasini bajarib, valyuta paritetini belgilash vositasi bo‘lib 
xizmat qiladi, zarur hollarda valyuta interventsiyasini, shuningdek, markaziy 
banklar tomonidan xalqaro hisoblashuvlarni amalga oshirish vositasi sifatida 
foydalaniladi.
JAHON MOLIYA INSTITUTLARI – jahon moliyaviy va iqtisodiy tizimi 
barqarorligini ta’minlash maqsadida ushbu jarayonlarni tartibga solish
muvofiqlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarini ishlab chiquvchi, turli vosita va 
yo‘llar bilan qo‘llab-quvvatlovchi va tavsiyalar beruvchi xalqaro va milliy 
moliyaviy tashkilotlar.
IJTIMOIY SOHA – aholining munosib turmush sharoiti va farovonligini 
ta’minlashga xizmat qiluvchi soha va tarmoqlar majmuasi. Bular qatoriga uy-joy 
fondlari, sog’liqni saqlash, ta’lim, sport, madaniyat muassasalari va boshqa 
tuzilmalarni kiritish mumkin.
IJTIMOIY FAOL INSON – tafakkurida aql va antiaql, ma’no va 
ma’nosizlik, mo‘ljal va tasodif, ong va ongsizlik, insonparvarlik va antigumanizm 
yaxlit holda mujassamlashgan inson. Noaniqlik, bemulohazalik va yolg’on-
yashiqlar maydonidagi jangchi.
IJTIMOIY FAOLLIK – odamlar tomonidan amalga oshiriluvchi faoliyat 
turi sifatida namoyon bo‘ladi. Ayni vaqtda ijtimoiy faollik muayyan odamning u 
yoki bu tarzda amalga oshirilgan faoliyatining jamiyat manfaatiga yo‘naltirilganida 
namoyon bo‘ladi.
INVESTITSION KREDITLAR – ishlab chiqarishni kengaytirish, texnik va 
texnologik jihatdan yangilash, modernizatsiyalash va rekonstruktsiya qilish, yangi 


85
X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT
bino va inshootlarni qurish uchun zarur bo‘lgan vositalar hamda qimmatli 
qog’ozlarni sotib olish maqsadida olingan uzoq muddatli kreditlar.
INVESTITSIYA – bu iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy 
ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag’lari, banklarga qo‘yilgan 
omonatlar, paylar, qimmatli qog’ozlar (aktsiya, obligatsiyalar), texnologiyalar
mashinalar asbob-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday 
boyliklardir. Investitsiyalar – foyda olish hamda ijobiy ijtimoiy samaraga erishish 
maqsadida tadbirkorlik ob’ektlariga va boshqa faoliyat turlariga qo‘yiladigan pul 
mablag’lari.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling