X. S. Xadjayev, sh sh. Fayziyev m. E. Jabbarov. Makroiqtisodiyot


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/53
Sana21.11.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1793307
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-Makroiqtisodiyot-masala va topshiriqlar

BOZOR IQTISODIYOTI – erkin tovar-pul munosabatlariga asoslangan, 
iqtisodiy monopolizmni inkor etuvchi, aholini ijtimoiy himoya qilishga 
yo‘naltirilgan va boshqariladigan iqtisodiy tizim.
BYUDJET PROFITSITI – muayyan davrda byudjet daromadlarining 
byudjet xarajatlaridan ortiq bo‘lgan miqdori.
BYUDJET TAQCHILLIGI – muayyan davrda byudjet xarajatlarining 
byudjet daromadlaridan ortiq bo‘lgan summasi.
GLOBAL MOLIYAVIY-IQTISODIY INQIROZ jahonning deyarli 
barcha mamlakatlarida moliyaviy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi mutanosiblik va 
nisbatlarning keskin izdan chiqishi natijasidagi beqarorlik va chuqur tanglik 
holatlarining vujudga kelishi.
DAVLAT BYUDJETI – davlatning daromad va xarajatlari hamda ularni 
moliyaviy ta’minlash manbalarining tartiblashtirilgan rejasi. 
DAVLAT BYUDJETI PROFISITI – davlat byudjeti daromadlarining 
xarajatlarga nisbatan ko‘proq bo‘lishi.
DAVLAT BYUDJETI TAQCHILLIGI – byudjet xarajatlarining byudjet 
daromadlariga 
nisbatan 
oshib 
ketishi 
natijasida 
moliyaviy 
resurslar 
etishmovchiligining vujudga kelishi.
DAVLAT IJTIMOIY YORDAMI – mehnatga layoqatligining yo‘qligi, 
ishsizligi, daromad manbai mavjud bo‘lmaganligi sababli mustaqil ravishda o‘zini 
moddiy ta’minlay olmagan shaxslarga davlat tomonidan beriladigan yordam.
DAVLAT INVESTITSIYASI – davlat byudjeti va byudjetdan tashqari 
davlat fondlari hamda davlat korxonalari tomonidan kapitallar qo‘yilishini 
ifodalaydi.
DAVLAT ICHKI QARZLARI – davlat tomonidan ichki mablag’ni jalb 
qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining 
yig’indisi.


83
X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling