X. S. Xadjayev, sh sh. Fayziyev m. E. Jabbarov. Makroiqtisodiyot


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/53
Sana21.11.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1793307
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-Makroiqtisodiyot-masala va topshiriqlar

AHOLINING TURMUSH DARAJASI – bu aholi farovonligi, ne’matlar va 
xizmatlar iste’molining darajasi, insonlarning asosiy hayotiy ehtiyojlarini qondirish 
me’yorini tavsiflovchi sharoitlar va ko‘rsatkichlar majmuidir.
BANDLIK – mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali mehnat bilan 
mashg’ul bo‘lishi; fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan 
bog’liq bo‘lgan va qonunga zid kelmaydigan, mehnat daromadi beradigan faoliyati.
BANK LIKVIDLILIGI – banklar majburiyatlarini o‘z vaqtida qaytara olish 
qobiliyati yoki passivlardagi majburiyatlarni qaytarish uchun aktivlarni pulga 
aylanish qobiliyatidir.
BANK NAZORATI BO‘YICHA BAZEL QO‘MITASI TALABLARI – 
bank tizimining barqaror amal qilishi hamda o‘z majburiyatlarini bajara olishini 
ta’minlash uchun o‘rnatilgan xalqaro me’yorlar majmui bo‘lib, u kapitalning 
etarlilik darajasini, banklarni nazorat qilish jarayoniga hamda bozor intizomiga 
qo‘yilgan talablarni ifodalaydi.
BANK TIZIMI – bu mamlakat hududida tarixan shakllangan va qonun bilan 
mustahkamlangan kredit tashkilotlarining faoliyat ko‘rsatish shakli
BANKLAR KAPITALINING YETARLILIK DARAJASI – bu jami 
kapitalning riskka tortilgan aktivlarga nisbati bo‘lib, u xalqaro Bazel kelishuviga 
ko‘ra kamida 8% ni tashkil etishi kerak.
BARQAROR IQTISODIY O‘SISH – bu iqtisodiyotning uzoq vaqt 
davomida yuqori sur’atlar bilan o‘sib borishidir.
BARQAROR RIVOJLANISH – bu shunday rivojlanishki u aholini hozirgi 
ehtiyojlarini qondiradi va kelajak avlodning o‘z ehtiyojlarini qondirish imkoniyatini 
xavf ostiga qo‘ymaydi.
BEVOSITA INVESTISIYA – kapital qo‘yilmalarning investor tomonidan 
to‘g’ridan-to‘g’ri investitsion ob’ektlarga yo‘naltirilishi nazarda tutiladi.
BILVOSITA INVESTISIYA – vositachi moliyaviy tashkilotlar orqali 
investorlar tomonidan kapital qo‘yilmalarning qo‘yilishi tarzida ifodalanadi.


82
X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling