X. S. Xadjayev, sh sh. Fayziyev m. E. Jabbarov. Makroiqtisodiyot


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/53
Sana21.11.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1793307
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-Makroiqtisodiyot-masala va topshiriqlar

MEHNAT KOOPERATSIYASI – bu mehnat faoliyati jarayonidagi alohida 
ixtisoslashtirilgan ijrochilar o‘rtasidagi aloqalarning o‘rnatilishi va mehnat 
faoliyatining tashkil etilishidagi eng muhim elementlardan biridir.
MEHNAT RESURSLARI – mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga 
layoqatli aholi hamda mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta yoshdagi 
ishlayotgan shaxslar.
MIKROKREDIT – xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va boshlang’ich 
sarmoyani shakllantirishga beriladigan kreditlar. Mikrokreditlar: a) yuridik shaxs 
maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati uchun – eng kam ish haqining 50 
barobarigacha; b) mikrofirma va dehqon xo‘jaliklariga eng kam ish haqining 100 
barobarigacha; v) fermer xo‘jaligiga eng kam ish haqining 200 barobarigacha 
beriladi.
MIKROMOLIYALASH 
– mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi 
tashkilotlarning qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan oshmaydigan summada 
mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish, shuningdek mikromoliyaviy xizmatlar 
ko‘rsatish to‘g’risidagi shartnomaga muvofiq boshqa xizmatlar ko‘rsatish 
borasidagi faoliyatidir.
MINIMAL ISTE’MOL BYUDJETI – shaxsning rivojlanishi uchun zarur 
bo‘lgan ma’naviy ehtiyojlar iste’molining ijtimoiy asoslangan minimal darajasini 
ta’minlaydigan iste’mol tovarlari va xizmatlari turlarining qiymati.
MOLIYAVIY 
INVESTITSIYA 
– 
daromad 
olish 
maqsadida 
investitsiyalarni turli qimmatli qog’ozlarga (aktsiyalar, obligatsiyalar, banklarning 
depozit sertifikatlari va boshqalar) qo‘yilishi nazarda tutiladi.


90
X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT
PUL BOZORI bu shunday bozorki, u yerda pulga talab va taklif ta’siri 
ostida foiz stavkasi darajasi va pul «bahosi» shakllanadi. Pul bozorida pul tovarga 
o‘xshab «sotilmaydi» va «sotib olinmaydi». Aynan shu xususiyati bilan pul bozori 
boshqa bozorlardan tubdan farq qiladi. Pul bozorida pul nominal foiz normasi 
birligiga ega bo‘lgan muqobil likvid vosita bilan almashinadi.
PUL MASSASI – har qanday mamlakat iqtisodiyotida tovarlar va xizmatlar 
aylanishini ta’minlaydigan, xususiy shaxslar, institutsional mulkdorlar(korxonalar, 
birlamalar, tashkilotlar va b.) va davlat egalik qiladigan naqd va naqd pulsiz xarid 
hamda to‘lov vositalari majmuidir.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling