X. S. Xadjayev, sh sh. Fayziyev m. E. Jabbarov. Makroiqtisodiyot


EKSPORT – tovarlar, xizmatlar, investitsiya, qimmatli qog’ozlar,  texnologiyalar va boshqalarni tashqi bozorga chiqarish


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/53
Sana21.11.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1793307
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-Makroiqtisodiyot-masala va topshiriqlar

EKSPORT – tovarlar, xizmatlar, investitsiya, qimmatli qog’ozlar, 
texnologiyalar va boshqalarni tashqi bozorga chiqarish.  
EKSPORT SALOHIYATI – milliy iqtisodiyotning jahon bozorlarida 
raqobatdosh bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda ularni jahon narxlari 
bo‘yicha etarli hajmlarda eksport qilish qobiliyati.
ERKIN INDUSTRIAL-IQTISODIY ZONA mamlakat hududining 
xorijiy mamlakatlar tomonidan turli shakllardagi hamkorlikdagi tadbirkorlik bilan 
shug’ullanishlari uchun ruhsat etilgan qismi. Mazkur zonalarda maxsus imtiyozli 
shart-sharoitlar, jumladan, imtiyozli soliqlar, bojxona to‘lovlari, ijara, viza olish, 
valyuta ayirboshlash, mehnatga yollashning qulay tartiblari belgilangan bo‘ladi.
YAGONA YER SOLIG’I – miqdori yer uchastkasining ball bonitetlardan 
ifodalangan sifati, qanday joydaligi va suv bilan qanday ta’minlanganligiga qarab 
belgilanadigan qishloq xo‘jaligi korxonalari to‘laydigan soliq turi.
YaKKA TARTIBDAGI TADBIRKOR – yuridik shaxs tashkil etmagan 
holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan jismoniy shaxs.
YALPI INVESTITSIYA – ma’lum davr ichida asosiy vositalar va 
nomoddiy aktivlarni vujudga keltirish uchun sarflanadigan investitsion kapitalning 
umumiy hajmi.
YALPI ICHKI MAHSULOT – mamlakatda bir yil davomida ishlab 
chiqarilgan jami pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor qiymati.


93
X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT
O‘RTACHA UMR – chaqaloq tug’ilgan yili mavjud bo‘lgan o‘lim darajasi, 
sababi va tarkibi uning butun umri mobaynida o‘zgarmas xolda saqlanib qolganda 
chaqalokning o‘rtacha yashash yillari.
O‘SISH SUR’ATLARI – iqtisodiy hodisa va jarayonlarning miqdor va sifat 
jihatidan o‘zgarish darajasi.
 


94
X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling