91
X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT
tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan
tashabbuskor faoliyat.
TAShQI SAVDO AYLANMASI – mamlakat, mamlakatlar guruhi tashqi
savdo faoliyati hajmining pul ko‘rinishidagi ifodasi bo‘lib,
muayyan vaqt
oralig’idagi (masalan, yil davomidagi) eksport va import hajmining yig’indisiga
teng bo‘ladi.
TASHQI SAVDO – bir mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan savdosi.
TASHQI SAVDO BALANSI SALDOSI – mamlakat eksporti va importi
hajmi o‘rtasidagi farq, tafovut.
TIBBIY YoRDAM – oliy va o‘rta maxsus tibbiy bilimga ega bo‘lgan
shaxslar tomonidan tug’ruqda,
kasallanish, shikastlanish va zaharlanishda amalga
oshiriladigan davolash profilaktik chora - tadbirlar yig’indisi.
Do'stlaringiz bilan baham: