X. S. Xadjayev, sh sh. Fayziyev m. E. Jabbarov. Makroiqtisodiyot


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/53
Sana21.11.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1793307
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-Makroiqtisodiyot-masala va topshiriqlar

ISH BILAN BANDLIK – bu iqtisodiy faol aholining qonun hujjatlariga 
muvofiq, daromad keltiradigan faoliyatga ega bo‘lishidir.
ISH BILAN SAMARALI BANDLIK – bu aholining ish bilan bandlikka 
ehtiyojining mavjud ish o‘rinlariga muvofiq kelishining sifat xususiyati bo‘lib, 
iqtisodiy nuqtai nazardan mehnat resurslaridan eng oqilona foydalanishni, ijtimoiy 
jihatdan mehnat faoliyatining inson manfaatlariga eng muvofiq kelishini bildiradi.
ISH BILAN TA’MINLASH – fuqarolarning qonun xujatlariga zid 
kelmaydigan, o‘z shaxsiy va ijtimoiy extiyojlarini qondirish bilan bog’liq bo‘lgan, 
ularga ish xaqi yoki daromad keltiradigan faoliyat.
ISH O‘RNI – tegishli ravishda jihozlangan va ish qurollari bilan 
ta’minlangan, miqdor va sifat tavsiflariga ega bo‘lgan, belgilangan mehnat 
me’yoriga ko‘ra ishlab chiqarish topshirig’i yoki funktsiyasini bajaruvchi 
xodimning yoki yagona ishlab chiqarish topshirig’ini yoxud texnologiya jihatdan 
ajralmas funktsiyani bajaruvchi xodimlar guruhining mehnat faoliyati amalga 
oshadigan makon tushuniladi.
IQTISODIYOTNING OCHIQLILIGI – mamlakat iqtisodiyotining 
xalqaro mehnat taqsimotiga integratsiyalashish darajasidir.
IQTISODIYOTNING REAL SEKTORI – iqtisodiyotning bevosita 
moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog’liq sohasi 
bo‘lib, u o‘z ichiga sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa tarmoqlarini 
oladi.
IQTISODIY FAOL AHOLI – mehnat bilan band bo‘lgan fuqarolar va 
ishsizlar.
IQTISODIY FAOL BO‘LMAGAN AHOLI – ishlab chiqarishdan ajralgan 
holda ta’lim olayotgan hamda ish haqiga yoki mehnat daromadiga ega bo‘lmagan 
o‘quvchilar va talabalar; ishlamayotgan uchinchi guruh nogironlari; uy bekalari 
hamda bolalarni parvarish qilish bilan band bo‘lgan ishlamayotgan ayollar; ko‘char 


88
X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT
va ko‘chmas mulkdan daromad olayotgan ishlamayotgan shaxslar; ixtiyoriy 
ravishda mehnat bilan band bo‘lmagan shaxslar.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling