X. S. Xadjayev, sh sh. Fayziyev m. E. Jabbarov. Makroiqtisodiyot


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/53
Sana21.11.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1793307
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-Makroiqtisodiyot-masala va topshiriqlar

DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH - davlat korxonalarini va 
tashkilotlarini xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlariga, davlatga qarashli mulk 
bo‘lmaydigan boshqa korxonalar tashkilotlarga aylantirishdir.
DAVLAT TASHQI QARZI – davlat tomonidan xorijdan mablag’ jalb 
qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining 
yig’indisi.
DAVLAT QARZLARI – davlatning mamlakatda qimmatli qog’ozlarni 
chiqarish shaklidagi, turli byudjetdan tashqari fondlardan (ichki qarz) hamda xorijiy 
davlatlardan, ulardagi jismoniy va yuridik shaxslardan, shuningdek, xalqaro 
moliyaviy tashkilotlardan (tashqi qarz) olgan qarzlari.
DAROMAD – bu ishlab chiqarilgan mahsulot narxining uni ishlab chiqarish 
sarf-harajatlaridan oshishi, shuningdek, har bir sinf, ijtimoiy guruh yoki alohida 
shaxsning yangi yaratilgan qiymatda mavjud bo‘lgan va ular tomonidan 
o‘zlashtirilgan ulushi.
DEPOZIT – lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, lug’aviy ma’nosi-saqlash 
uchun topshirilgan buyum ma’nosini bildiradiBank depozitlari – jismoniy va 
yuridik shaxslarning bank muassasalariga ma’lum muddatga va muddatsiz omonat 
shaklida qo‘yilgan bo‘sh pul mablag’lari.
DEFITSIT − biror narsaning etishmasligi, kamchiligi, jumladan, tovarlar 
etishmasligi, byudjet mablag’ining etishmasligi.
DIVERSIFIKATSIYA – yuqori qo‘shilgan qiymat o‘sish dinamikasini 
ta’minlovchi ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlar assortimentining oshishi 
va kengayishi jarayonidir. Diversifikatsiya jarayoni iqtisodiyot tarmoqlarida olib 
borilayotgan modernizatsiya va tarkibiy o‘zgarishlar bilan bevosita uyg’unlashgan.
JAHON MOLIYA-VALYUTA TIZIMI – xalqaro valyuta va moliyaviy 
munosabatlarning davlatlararo bitimlarda kelishilgan holda amal qiladigan shakli
xalqaro miqyosda xizmat qiluvchi moliyaviy muassasalar majmuasi. 


84
X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT
JAHON BANKI – 1944 yilda Xalqaro valyuta jamg’armasi bilan bir vaqtda 
tuzilgan birinchi davlatlararo investitsiya instituti bo‘lib, o‘z faoliyatini 1946 yil 25 
iyunda boshlagan.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling