INVESTITSIYALASH – bu asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish xamda
kelgusida foyda olish maqsadida iqtisodiy resurslarni uzoq muddatga kiritish degan
ta’rifdan kelib chiqsak, tabiiyki, resurlarni kiritishning asosiy jixati xususiy
mablag’lar va investorlarning qarz mablag’larini yangi qiymatni xosil qiladigan
ishlab chiqarish aktivlariga aylantirishdan iborat.
INVESTOR – xususiy va qarzga olingan mulkiy va intellektual qiymatlarni
sarflash haqida qaror qabul qiluvchi investitsiya faoliyati sub’ekti. Investorlar –
xususiy va qarzga olingan mulkiy va intellektual qiymatlarni sarflash haqida qaror
qabul qiluvchi investitsiya faoliyati sub’ektlari. Investorlar ob’ektlar va investitsiya
natijalariga egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Investorlar kreditor va xaridor rolini bajarishlari, shuningdek, investitsiya
faoliyatining boshqa ishtirokchilari funktsiyalarini bajarishi mumkin. Odatda
investorlar kapital qo‘yilmalar sarflanadigan sohalarni aniqlaydi, shartnoma
shartlarini ishlab chiqadi va investitsiya aktining boshqa sub’ektlari bilan -
kontraktor, hukumat organlari, yakuniy mahsulot ishlab chiqaruvchilar va shu
mahsulotning iste’molchilari bilan hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
INNOVATSIYA LOYIHALARI – bunday loyixalarning asosiy maqsadi
yangi texnologiyalar, nou-xau va korxonalarning rivojlanishini ta’minlab beruvchi
boshqa yangiliklarni ishlab chiqish va qo‘llashdan iborat.
INFLYATSIYA – pul muomalasi qonuniyatlarining buzilishi bilan bog’liq
holda qog’oz pullarning qadrsizlanishi va buning oqibatida narx-navoning o‘sishi.
87
X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT
ICHKI INVESTITSIYA – mamlakat ichida turli shakldagi kapitallar
qo‘yilishi .
Do'stlaringiz bilan baham: |