X. S. Xadjayev, sh sh. Fayziyev m. E. Jabbarov. Makroiqtisodiyot
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Makroiqtisodiyot-masala va topshiriqlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yevroning bahosi (dollarda) Yevroga bo‘lgan talab (mln. yevro) Yevroning taklifi (mln. yevro)
Masalalar 1.Nemis markasiga nisbatan dollar kursi 3:1 ni tashkil etadi. Bir xil tovar AQShda 400 doll., Germaniyada esa 1200 marka turadi deb tasavvur qilamiz. Agar dollar kursi sun’iy tarzda 1:2 gacha pasaysa, qaysi eksportchi qo‘shimcha daromad oladi (AQShmi, yoki Germaniyami). Qo‘shimcha daromad qiymatini aniqlang. ▲ ▲ ▲ 2. Faraz qilaylik, yevroga nisbatan dollarning kursi 1:3, ya’ni bir xil tovar AQShda masalan 400 dollar tursa, Germaniyada bu tovarning narxi 1200 yevro bo‘ladi. Agar dollarning kursi sun’iy ravishda 1:2 gacha pasaysa, qaysi eksport qiluvchi qo‘shimcha daromad oladi (AQSh yoki Germaniya)? Bu qo‘shimcha daromadning hajmini aniqlang. ▲ ▲ ▲ 3.Faraz qilaylik, B mamlakatning hukumati o‘z valyuta kursini A mamlakatning milliy valyutaga nisbatan barqarorlashtirib olmoqchi. A mamlakatdagi inflyatsiyaning sur’ati yiliga 5%ni tashkil etadi. a) B mamlakatda bu maqsadga erishish uchun inflyatsiya sur’ati qanday bo‘lish kerak? b) Uzoq muddatli davrda pul aylanish tezligi o‘zgarmasa va ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati 3%ni tashkil etsa, valyuta kursini barqarorlashtirish uchun pul massasining o‘sish sur’atlari qanday bo‘lishi kerak? ▲ ▲ ▲ 4. Xarid qobiliyati paritetiga ko‘ra agar Frantsiyada televizor 500 yevro va Xitoyda 2000 yuanga sotilsa, unda nominal ayirboshlash kursi - bir birlik 65 X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT yevroning yuan miqdorida ifodalangan bahosi - qanday bo‘ladi? ▲ ▲ ▲ 5.Quyidagi jadvalda Yevroga bo‘lgan talab va taklif keltirilgan: Yevroning bahosi (dollarda) Yevroga bo‘lgan talab (mln. yevro) Yevroning taklifi (mln. yevro) 1,5 200 300 1,4 220 270 1,3 240 240 1,2 260 210 1,1 280 180 a) Dollar va yevroning barqaror valyuta kurslarini aniqlang. b) Valyuta bozorida dollar va yevro qanday hajmda sotib olinadi? ▲ ▲ ▲ 6. O‘zbekistonda bir yillik inflyatsiya sur’ati -7%, Qozog’istonda nominal foiz stavkasi 16%ni, bir yillik inflyatsiya sur’ati esa 12%ni tashkil etadi. Bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga kapital quyilishi bo‘lmasligi uchun O‘zbekistonda nominal foiz stavkasi nechaga teng bo‘lishi kerak. ▲ ▲ ▲ 7. B mamlakatning hukumati o‘z valyutaning ayirboshlash kursini A mamlakatning milliy valyutasiga nisbatan barqarorlashtirib olmoqchi. A mamlakatdagi bir yillik inflyatsiya sur’ati 5%ni tashkil etadi. a) bu maqsadga erishish uchun B mamlakatdagi inflyatsiya sur’ati qanday bo‘lishi kerak? b) muomaladagi pul aylanish tezligi o‘zgarmasa va real ishlab chiqarish hajmining bir yillik o‘sish sur’ati 3%ni tashkil etsa, uzoq muddatli davrda valyuta kursini barqarorlashtirish uchun pul massasining o‘sish sur’ati qanday bo‘lishi kerak? 66 X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling