X. S. Xadjayev, sh sh. Fayziyev m. E. Jabbarov. Makroiqtisodiyot
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Makroiqtisodiyot-masala va topshiriqlar
17-MAVZU. TASHQI SAVDO SIYOSATI 58 X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT Masalalar 1. Mamlakat hukumati avtomobillarga import kvotani bir yilga 600 donadan iborat kiritgan. Avtomobillarga jahon narxi bir dona uchun 6000 doll. Mamlakatda kvota kiritilgandan keyin ichki narx bir dona uchun 7000 dollargacha ko‘tarildi. Erkin savdo sharoitida avtomobillarning ichki ishlab chiqarish hajmi yiliga 1200 donani, kvota kiritilgandan keyin esa - yiliga 1400 donani tashkil etadi. Erkin savdo sharoitida avtomobillarning ichki iste’moli yiliga 2200 donani, kvota kiritilgandan keyin esa - yiliga 2000 donani tashkil etadi. quyidagilarni aniqlang: a) kvota kiritilishidan ishlab chiqaruvchilarning yutug’i; b) bu chora natijasidagi iste’molchilarning yo‘qotishlari; v) davlat byudjeti daromadlarining oshishi; g) millat farovonligining sof yo‘qotishlari. ▲ ▲ ▲ 2. Mamlakat bolalar trikotajini eksport qiladi. Jahon bozorida uning bir dona uchun narxi 3 AQSH dollari. Mamlakatdagi bu mahsulotga bo‘lgan taklif egri chizig’i quyidagi tenglama bilan belgilanadi S = 800 + 200P, talab egri chizig’ining ko‘rinishi esa quyidagicha: D = 700 - 200P. Mamlakat hukumati eksport tarifini kiritgandan keyin ichki narx bir donaga 2 AQSH dollarini tashkil etdi. Eksport tarifining quyidagilarga ta’sirini aniqlang: a) iste’molchilarning farovonligiga; b) trikotaj ishlab chiqaruvchilarning daromadlariga (yo‘qotishlariga), eksport hajmiga; v) davlat byudjetining daromadlariga; g) millat farovonligiga. 59 X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT ▲ ▲ ▲ 3. Mamlakat hukumati shakarga 10% li import tarif kiritish to‘g’risida qaror qabul qiladi. Jahon bozorida uning narxi bir tonna uchun 200 AQSh dollari. Mamlakatdagi bu mahsulotga bo‘lgan taklif erkin savdo sharoitida 6 mln. t., tarif borligida esa - 8 mln. tonnani tashkil etadi. Ichki iste’mol hajmi erkin savdo sharoitida - 22 mln. tonna, tarif borligida esa - 20 mln. tonnani tashkil etadi. Shunga muvofiq import hajmi erkin savdo sharoitida - 16 mln. tonna, tarif borligida - 12 mln. tonnani tashkil etadi. Import tarifi kiritilishining oqibatlarini aniqlang: a) Iste’molchilarning yo‘qotishlarini; b) milliy ishlab chiqaruvchilarning yutuqlarini; v) davlat byudjetining daromadlarini; g) millat farovonligining sof yo‘qotishlarini. ▲ ▲ ▲ 5. Jadvalda berilgan ma’lumot asosida firmalardan qaysi biri demping qo‘llashda ayblanishi mumkinligini aniqlang: Tovar birligining tannarxi, AQSh dollarida Ichki narx, AQSh dollarida Eksport narxi, AQSh dollarida Firma A 100 100 110 Firma B 100 120 110 Firma S 100 90 105 ▲ ▲ ▲ 4. Rossiya engil sport samolyotlaridan bir yil ichida 70 dona ishlab chiqaradi. Ulardan 20 donasini iste’mol qilib, 50 donasini eksport qiladi. Erkin savdo sharoitida bir samolyotning narxi - 6000 AQSh dollari. Tarmoqni rag’batlantirish maqsadida hukumat har bir samolyot qiymatidan 15% miqdorida subsidiya ajratadi. Natijada samolyotning ichki narxi 6450 AQSh dollarigacha oshib, eksport narxi esa 5550 AQSh dollarigacha pasayadi. Eksport hajmi 70 dona samolyotgacha ko‘payadi. Subsidiyaning kiritilishi ichki ishlab chiqarish, eksport va iste’mol hajmlariga hamda byudjet daromadlariga qanday ta’sir etganligini aniqlang. 60 X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling