X
alqaro savdo tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shaklidir. Xalqaro
savdoning yuzaga kelishi mamlakatlar bo‘yicha tabiiy resurslarning bir
xil taqsimlanmaganligi va ishlab chiqaruvchi kuchlarning turli mamlakatlarda
turlicha taraqqiy etganligi sabablidir.
Xalqaro savdo jarayonlari eksport, import, reeksport va reimport kabi tashqi
savdo operatsiyalari yordamida amalga oshiriladi. Tashqi savdo operatsiyalari bu
turli mamlakatlardagi sheriklar o‘rtasida amalga oshiriladigan operatsiyalardir.
Mutloq afzallik nazariyasining mohiyati mamlakat o‘zidagi mavjud sharoitlar
va resurslar hisobiga boshqa mamlakatlarga nisbatan ma’lum bir tovarni bir xil
mehnat sarfida ko‘proq miqdorda ishlab chiqarsa yoki unga eng kam xarajatlar
sarflasa ushbu mamlakat solishtirilayotgan mamlakatlarga nisbatan mutloq
afzallikka egaligida namayon bo‘ladi.
D. Rikardo xalqaro ayirboshlashning nisbiy afzallik nazariyasini yaratdi va
mamlakatlarning xalqaro savdoda ishtirok etishidan foydasi muqobil narx bilan
belgilanishi isbotladi.
Xeksher-Olin nazariyasining mohiyatiga ko‘ra mamlakat qaysi ishlab
chiqarish omili bilan nisbatan yaxshiroq ta’minlangan bo‘lsa, shu omilga
asoslangan mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslahishi va eksport qilishi kerak.
Leontev paradoksi – Xeksher-Olinning ishlab chiqarish omillari nisbati
nazariyasi amaliyotda o‘z tasdig’ini topmaganligini izohladi.
Xalqaro savdo mamlakatlarning yalpi daromadiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi
bilan birga ayrim omil egalarining turmush farovonligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi
mumkin. Shu sababli mamlakatning xalqaro savdoda ishtirok etishidan olishi
16-MAVZU. .XALQARO SAVDO NAZARIYASI
53
X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT
Do'stlaringiz bilan baham: |