X. S. Xadjayev, sh sh. Fayziyev m. E. Jabbarov. Makroiqtisodiyot
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Makroiqtisodiyot-masala va topshiriqlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Koreyada taklif miqdori (ming dona)
Kalkulyator
larning narxi (bir dona uchun doll.) O‘zbekistonda talab miqdori (ming dona) O‘zbekistonda taklif miqdori (ming dona) Janubiy Koreyada talab miqdori (ming dona) Janubiy Koreyada taklif miqdori (ming dona) 5 100 0 80 30 7 80 20 50 50 10 70 40 35 65 15 60 60 20 80 20 50 70 10 90 25 35 85 5 100 57 X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT M amlakat makroiqtisodiy siyosatini yuritishda mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan olib boradigan savdo munosabatlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi hisoblangan tashqi savdo siyosati muhim o‘rin egallaydi. Tashqi savdo siyosati milliy iqtisodiyot ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni oqilona import siyosati hisobiga to‘ldirish hamda milliy iqtisodiyotda ortiqcha bo‘lgan mahsulotlarni eksport qilish hisobiga mamlakatning jahon bozoridagi o‘rnini mustahkamlash vazifasini hal etadi. Mamlakatlar tashqi savdoni tartibga solishda ustun ravishda savdoni erkinlashtirishga imkon beruvchi iqtisodiy vositalardan biri hisoblangan importga solinadigan bojxona bojini qo‘llaydilar va bojxona bojlari davlat g’aznasini to‘ldirishga imkon beruvchi fiscal funktsiyani, milliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy raqobatdan himoyalash funktsiyasini bajaradi. Milliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy firmalar raqobatidan himoya qilishning muqobil vositasi ularga bevosita subsidiya berish hisoblanadi va subsidiyaning tariflardan afzalligi milliy ishlab chiqarishni o‘sishini ta’minlaydi, iste’molning mutloq kamayishiga olib kelmaydi. Mahsulotlar eksporti va importini litsenziyalash hamda kvotalash davlatga ular oqimini qattiq tartibga solish, ba’zi hollarda ularni vaqtincha chegaralash asosida tashqi iqtisodiy taqchillik o‘sishining to‘xtatish orqali savdo balansining tenglashtirish imkonini beradi. Savdo siyosatini amalga oshirishning ko‘rib o‘tilgan usullarining har biri ijobiy jihatlari bilan birga salbiy oqibatlarga ham ega. Mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligi darajasi kuchayib borgani sari tashqi savdo erkinlashib boradi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling