X. S. Xadjayev, sh sh. Fayziyev m. E. Jabbarov. Makroiqtisodiyot


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/53
Sana21.11.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1793307
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-Makroiqtisodiyot-masala va topshiriqlar

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


80
X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT
 
GLOSSARIY 
ASOSIY KAPITALGA QO‘YILMALAR – asosiy fondlarni qayta tiklash, 
rivojlantirish va yangilashga yo‘naltirilgan moddiy xarajatlar.
AHOLI DAROMADLARI – bu alohida shaxs yoki oila (uy xo‘jaligi) 
tomonidan turli manbalardan ma’lum davr mobaynida olinadigan va iste’mol, 
jamg’arma, turli yig’in va soliqlarga sarflanadigan pul va natural tushumlar 
majmuidir.
AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh – bu davlat tomonidan 
munosib turmushni, ya’ni jamiyat rivojining zamonaviy bosqichidagi standartlarga 
mos moddiy ta’minotni va insonning erkin rivojlanishini ta’minlash maqsadida 
davlat tomonidan kafolatlanadigan va amalga oshiriladigan huquqiy, ijtimoiy-
iqtisodiy va tashkiliy tavsifdagi chora-tadbirlar majmuasidir.
AHOLINING NATURAL DAROMADLARI – qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlarining barcha tushumlari: dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik 
mahsulotlari, bog’dorchilik, sabzavot-poliz ekinlari, shaxsiy tomorqa, tabiat 
in’omlaridan shaxsiy, oilaviy ehtiyojlar uchun tayyorlanadigan mahsulotlar kabi 
tushumlar.
AHOLINING PUL DAROMADLARI – bu aholining barcha pul 
mablag’lari tushumi: pensiya, stipendiya, nafaqa; mulkdan foiz, dividend, renta, 
aktsiya, qimmatbaho qog’ozlar, ko‘chmas mulk, chorva mollari, tomorqa 
mahsulotlari, turli buyumlar va boshqa tovarlarni sotishdan tushadigan, turli 
xizmatlar ko‘rsatishdan keladigan pul tushumlaridir.
AHOLINING REAL DAROMADLARI – narx darajasi o‘zgarishini 
hisobga olib, aholining ixtiyorida bo‘lgan daromadga sotib olish mumkin bo‘lgan 
tovar va xizmatlar miqdori, ya’ni, aholi ixtiyorida bo‘lgan daromadning xarid 
quvvati. 


81
X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling