X. S. Xadjayev, sh sh. Fayziyev m. E. Jabbarov. Makroiqtisodiyot


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/53
Sana21.11.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1793307
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-Makroiqtisodiyot-masala va topshiriqlar

IQTISODIY O‘sish – real yalpi ichki mahsulot umumiy hajmining yoki 
aholi jon boshiga to‘g’ri keladigan real yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 
IQTISODIY O‘SISHNING SAMARADORLIGI – ―ijtimoiy ishlab 
chiqarish samaradorligi‖ tushunchasining hamma tarkibiy qismlarini, shu jumladan 
tovar va xizmatlarning sifatini yaxshilanishi, ularning raqobatbardorshigini oshishi, 
yangi tovarlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, yangi texnologiyani o‘zlashtirish, 
foydalaniladigan resurslarni qaytimini o‘sishi, ishlab chiqarish xarajatlarini 
kamayishi.
KREDIT – bu vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag’larini ma’lum muddatga, 
haq to‘lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan 
iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir.
MAJBURIY ZAXIRA TALABI – tijorat banklari jalb qilgan 
mablag’laridan ma’lum bir qismini Markaziy bankning zaxira fondiga 
o‘tkazilishidir.
MAKROIQTISODIY KO‘RSATKIChLAR mamlakat iqtisodiyotidagi 
ijtimoiy-iqtisodiy jarayon va hodisalarni o‘lchash va baholash imkoniyatini 
beradigan ko‘rsatkichlar. Masalan, yalpi ichki mahsulot, milliy daromad, iqtisodiy 
o‘sish, ishsizlik, inflyatsiya darajasi va boshqalar.
MAMLAKAT PUL OBOROTI – ma’lum bir davr mobaynida korxonalar, 
tashkilotlar va aholi tomonidan naqd pul va naqd pulsiz shaklda amalga oshirilgan 
to‘lovlar majmuasidir.
MAHALLA – O‘zbekistonning muayyan tarixiy sharoitlarida, asrlar 
davomida shakllanib, faoliyat ko‘rsatayotgan, aholi yashaydigan ma’muriy-hududiy 
birlik, uyushma.
MAHALLIYLASHTIRISH – import qilinadigan tayyor mahsulot, 
butlovchi buyumlar va materiallarni mamlakatda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish 
orqali unga bo‘lgan ichki talabni qondirish va eksportini yo‘lga qo‘yish.


89
X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT
MEHNAT BOZORI – bu mehnatga qobiliyatli aholining faol (ish bilan 
band va mehnatga muhtoj aholi) qismlari va ish beruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlarni tartibga soluvchi, «mehnat qobiliyati» ni sotish-sotib olishni 
amalga oshiruvchi hamda ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi nisbatlarni 
bevosita barqarorlashtiruvchi ko‘p omilli, murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar 
tizimidir.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling