90
X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT
PUL BOZORI –
bu shunday bozorki, u yerda pulga talab va taklif ta’siri
ostida foiz stavkasi darajasi va pul «bahosi» shakllanadi. Pul bozorida pul tovarga
o‘xshab «sotilmaydi» va «sotib olinmaydi». Aynan shu xususiyati bilan pul bozori
boshqa bozorlardan tubdan farq qiladi. Pul bozorida pul nominal foiz normasi
birligiga ega bo‘lgan muqobil likvid vosita bilan almashinadi.
PUL MASSASI – har qanday mamlakat iqtisodiyotida tovarlar va xizmatlar
aylanishini ta’minlaydigan, xususiy shaxslar, institutsional mulkdorlar(korxonalar,
birlamalar, tashkilotlar va b.) va davlat egalik qiladigan naqd va naqd pulsiz xarid
hamda to‘lov vositalari majmuidir.
Do'stlaringiz bilan baham: