X. S. Xadjayev, sh sh. Fayziyev m. E. Jabbarov. Makroiqtisodiyot


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/53
Sana21.11.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1793307
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-Makroiqtisodiyot-masala va topshiriqlar

PUL TAKLIFI – bu muomalaga chiqarilgan ma’lum turdagi pul miqdoridir.
PULGA TALAB – bu pul muomalasi, ya’ni xo‘jalik oboroti uchun kerak 
bo‘lgan pulga ehtiyojdir.
RAQOBAT – har qanday bozor mexanizmini tashkil etuvchi ajralmas qism 
bo‘lib, u ko‘p miqdordagi erkin xaridorlar (ish beruchilar) va ish kuchini 
«sotuvchi»larning mavjudligi hamda ular uchun mehnat bozoriga erkin kirish va 
uni tark etish imkoniyatini anglatadi.
RAQOBATBARDOShLIK – tovar ishlab chiqaruvchilarning minimal 
rentabellikni ta’minlovchi narxda tashqi bozorda sotish uchun ishlab chiqarishga 
bo‘lgan qobiliyatidir.
SOLIQLAR – yuridik va jismoniy shaxslardan aniq muddat va stavkalar 
asosida majburiy tartibda undiriladigan, ekvivalentsiz xususiyatga ega bo‘lgan va 
faqat davlat byudjetiga yo‘naltiriladigan majburiy to‘lovlar.
SOG’LIQNI SAQLASh TIZIMI – tibbiy yordamni tashkil etish, 
kasalliklarning oldini olish, aholi salomatlik darajasini yaxshilashga qaratilagan va 
ijtimoiy - iqtisodiy xarakterga ega bo‘lgan davlat va jamiyat chora - tadbirlari 
yig’indisi.
TADBIRKORLIK FAOLIYATI (TADBIRKORLIK) - tadbirkorlik 
faoliyati sub’ektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, 


91
X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT
tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan 
tashabbuskor faoliyat.
TAShQI SAVDO AYLANMASI – mamlakat, mamlakatlar guruhi tashqi 
savdo faoliyati hajmining pul ko‘rinishidagi ifodasi bo‘lib, muayyan vaqt 
oralig’idagi (masalan, yil davomidagi) eksport va import hajmining yig’indisiga 
teng bo‘ladi.
TASHQI SAVDO – bir mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan savdosi.
TASHQI SAVDO BALANSI SALDOSI – mamlakat eksporti va importi 
hajmi o‘rtasidagi farq, tafovut.
TIBBIY YoRDAM – oliy va o‘rta maxsus tibbiy bilimga ega bo‘lgan 
shaxslar tomonidan tug’ruqda, kasallanish, shikastlanish va zaharlanishda amalga 
oshiriladigan davolash profilaktik chora - tadbirlar yig’indisi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling