X. S. Xadjayev, sh sh. Fayziyev m. E. Jabbarov. Makroiqtisodiyot


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/53
Sana21.11.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1793307
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-Makroiqtisodiyot-masala va topshiriqlar

TURMUSH DARAJASI – aholining zaruriy moddiy va nomoddiy 
ne’matlar hamda xizmatlar bilan ta’minlanish hamda ularni iste’mol qilish darajasi.
TO‘G’RIDAN-TO‘G’RI INVESTITSIYALAR – bevosita mahsulot 
ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonini tashkil etish yoki yanada 
kengaytirish maqsadida xorijiy sheriklar tomonidan uzoq muddatli kapital 
qo‘yilmalar kiritish. To‘g’ridan-to‘g’ri investitsiyalar investorlarga mazkur ishlab 
chiqarish jarayonlari ustidan nazorat qilish imkonini beradi.
TO‘LOV BALANSI – muayyan muddat davomida mamlakatning chet 
ellarga to‘lagan va xuddi shu davr mobaynida mamlakatga chet eldan tushgan 
to‘lovlar miqdori o‘rtasidagi nisbatni bildiradi. To‘lov turkumiga tashqi qarz, uning 
foizi, chetdan olingan tovar va xizmatlar haqi, xorijiy investitsiyalar, xorijda 
diplomatik ishlarni, iqtisodiy aloqalarni yuritish xarajatlari, fuqarolar va qo‘shma 
korxonalarning chet elga pul o‘tkazmalari va boshqalar kiradi.
XALQARO VALYUTA JAMG’ARMASI – xalqaro savdo va valyuta 
hamkorligini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatish maqsadida 1944 yilda tashkil etilgan 
xalqaro valyuta-moliya tashkiloti. Xalqaro valyuta jamg’aramasi – a’zo davlatlar 
o‘rtasida valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solib turish va ularga to‘lov 


92
X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT
balansining kamomadi bilan bog’liq valyutaviy qiyinchiliklar paytida chet el 
valyutasida qisqa va uzoq muddatli kreditlar berish yo‘li bilan moliyaviy yordam 
ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan hukumatlararo tashkilot. XVJ o‘z amaliy faoliyatini 
1947 yil 1 martdan boshlagan.
XUSUSIY TADBIRKORLIK – bu fuqarolar (alohida fuqarolar) tomonidan 
o‘zlarining tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad 
(foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshiriladigan 
tashabbuskor xo‘jalik faoliyatidir.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling