AHOLINING TURMUSH DARAJASI – bu aholi farovonligi, ne’matlar va
xizmatlar iste’molining darajasi, insonlarning asosiy hayotiy ehtiyojlarini qondirish
me’yorini tavsiflovchi sharoitlar va ko‘rsatkichlar majmuidir.
BANDLIK – mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali mehnat bilan
mashg’ul bo‘lishi; fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan
bog’liq bo‘lgan va qonunga zid kelmaydigan, mehnat daromadi beradigan faoliyati.
BANK LIKVIDLILIGI – banklar majburiyatlarini o‘z vaqtida qaytara olish
qobiliyati yoki passivlardagi majburiyatlarni qaytarish uchun aktivlarni pulga
aylanish qobiliyatidir.
BANK NAZORATI BO‘YICHA BAZEL QO‘MITASI TALABLARI –
bank tizimining barqaror amal qilishi hamda o‘z majburiyatlarini bajara olishini
ta’minlash uchun o‘rnatilgan xalqaro me’yorlar majmui bo‘lib, u kapitalning
etarlilik darajasini, banklarni nazorat qilish jarayoniga hamda bozor intizomiga
qo‘yilgan talablarni ifodalaydi.
BANK TIZIMI – bu mamlakat hududida tarixan shakllangan va qonun bilan
mustahkamlangan kredit tashkilotlarining faoliyat ko‘rsatish shakli
BANKLAR KAPITALINING YETARLILIK DARAJASI – bu jami
kapitalning riskka tortilgan aktivlarga nisbati bo‘lib, u xalqaro Bazel kelishuviga
ko‘ra kamida 8% ni tashkil etishi kerak.
BARQAROR IQTISODIY O‘SISH – bu iqtisodiyotning uzoq vaqt
davomida yuqori sur’atlar bilan o‘sib borishidir.
BARQAROR RIVOJLANISH – bu shunday rivojlanishki u aholini hozirgi
ehtiyojlarini qondiradi va kelajak avlodning o‘z ehtiyojlarini qondirish imkoniyatini
xavf ostiga qo‘ymaydi.
BEVOSITA INVESTISIYA – kapital qo‘yilmalarning investor tomonidan
to‘g’ridan-to‘g’ri investitsion ob’ektlarga yo‘naltirilishi nazarda tutiladi.
BILVOSITA INVESTISIYA – vositachi moliyaviy tashkilotlar orqali
investorlar tomonidan kapital qo‘yilmalarning qo‘yilishi tarzida ifodalanadi.
82
X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT
Do'stlaringiz bilan baham: |