X. S. Xadjayev, sh sh. Fayziyev m. E. Jabbarov. Makroiqtisodiyot
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Makroiqtisodiyot-masala va topshiriqlar
Masalalar mumkin bo‘lgan foyda - bu mamlakatning xalqaro savdo aloqalarida egallagan o‘rniga bog’liq. 1. A davlat bir yilda 70 ta engil sport samolyotini ishlab chiqaradi. Ulardan 20 tasi ichki iste’molga, 50 tasi esa eksportga chiqariladi. Erkin savdo sharoitlarida 1 ta samolyotning bahosi – 6000 doll. Hukumat tarmoqni rag’batlantirish maqsadida har bir samolyotning qiymatidan 15% miqdorida subsidiya ajratadi. Natijada samolyotning ichki narxi 6450 doll.gacha oshdi, eksport narxi esa 5550 doll.ga kamayadi. Eksport hajmi 70 ta samolyotgacha o‘sdi. Subsidiyalar joriy qilishning oqibatlarini aniqlang. ▲ ▲ ▲ 2.Jadval ma’lumotlari asosida firmalarning qaysi birini dempingni tatbiq etishda ayblash mumkin: Mahsulot birligi tannarxi, doll. Ichki narx, doll. Eksport narx, doll. A firma 100 100 110 B firma 100 120 110 C firma 100 90 105 ▲ ▲ ▲ 3. Rossiya 360 ekskavator va 2400 traktor, Ukraina esa 160 ekskavator va 800 traktor ishlab chiqarishadi. Agar Rossiya faqat ekskavator ishlab chiqarganda, ularning hajmi yiliga 600 donani, agar faqat traktor ishlab chiqarganda, ularning hajmi yiliga 6000 donani tashkil etardi. Mos ravishda Ukraina yo 200 ekskavator 54 X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT yoki 4000 traktor ishlab chiqarishi mumkin. Bu mahsulotlar ishlab chiqarishda qaysi mamlakat mutloq va nisbiy afzallikka ega? Ikkala mamlakat uchun ixtisoslashuv qanday manfaatlarni beradi? ▲ ▲ ▲ 4. O‘zbekiston va Qozog’iston ikkita tovar ishlab chiqarishadi - shakar va avtobuslar. Bu mahsulotlarga ketgan xarajatlar quyidagicha: 1 tonna shakarga ketgan sarf - xarajatlar 1 avtobusga ketgan sarf - xarajatlar O‘zbekiston 200 600 Qozog’iston 600 600 Bu mahsulotlar ishlab chiqarishda qaysi mamlakat mutloq yoki nisbiy afzallikka ega? Erkin savdo sharoitida O‘zbekiston va Qozog’iston qaysi tovarlarni eksport va import qilishadi? O‘zbekiston va Qozog’iston o‘rtasidagi erkin savdo sharoitida jahon narxlarning nisbati qaysi darajada o‘rnatiladi? ▲ ▲ ▲ 5. Jadvalda A va B mamlakatlardagi bozorlarning tavsifi berilgan (P - narx, Q d - talab, Q s - taklif). Shu ma’lumot asosida erkin savdo sharoitidagi X tovarning jahon narxini aniqlang. Mamlakatlardan qaysi biri X tovarni eksport qiladi, eksport hajmini aniqlang. A mamlakat B mamlakat P 1 2 3 4 5 1 2 3 4 5 Q d 5 4 3 2 1 6 5 4 3 2 Q s 2 3 4 5 6 5 6 7 9 10 ▲ ▲ ▲ 55 X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT 6. A mamlakatda bir kunda 12 uyali telefon yoki 2 musiqa markazi ishlab chiqarilishi mumkin. B mamlakatda esa bir kunda 4 uyali telefon yoki 8 musiqa markazi ishlab chiqarilishi mumkin. ¡uyidagi savollarga javob bering: a) Savdo bo‘lmagan sharoitda ikkala mamlakatdagi nisbiy narxlarni aniqlang; b) Savdo munosabatlari o‘rnatilganda ikkala mamlakat nimani eksport qiladi; v) Mamlakatlar o‘rtasida savdo munosabatlari o‘rnatilgandan keyin jahon narxlari qanday chegaralarda o‘zgaradi; g) Faraz qilaylik erkin savdo o‘rnatilishdan oldin A mamlakatning bir kunlik ishlab chiqarish hajmi 8 uyali telefon va 0,5 musiqa markaziga teng edi. B mamlakatning ishlab chiqarish hajmi mos ravishda 1 uyali telefon va 6 musiqa markaziga teng. Har bir mamlakatning nisbiy afzallik asosida ixtisoslashuvi natijasida ikkala mahsulotning umumiy ishlab chiqarish hajmi qanchaga oshadi. ▲ ▲ ▲ 7. Jadvalda O‘zbekiston va Janubiy Koreyadagi kalkulyatorlarga bo‘lgan talab va taklif to‘g’risida ma’lumot berilgan. a) tashqi savdo yo‘qligida ikkala mamlakatda muvozanat narxlar va bozordagi mahsulot hajmi qanday bo‘ladi? b) Tashqi savdo o‘rnatilgandan keyin kalkulyatorlarning jahon bozorida muvozanat narxi qanday bo‘ladi? v) qaysi mamlakat va qay miqdorda kalkulyatorlarni eksport qiladi? Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling