X. S. Xadjayev, sh sh. Fayziyev m. E. Jabbarov. Makroiqtisodiyot
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Makroiqtisodiyot-masala va topshiriqlar
16-MAVZU. IQTISODIY O’SISHNING
NEOKLASSIK MODELLARI 49 X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT Masalalar kamchiliklardan holi emas. Jamiyatning eng yuqori iste’molini va iqtisodiyotning chidamli holatini ta’minlovchi kapitalni jamg’arish darajasi kapitalni jamg’arishning “oltin darajasi” deb ataladi hamda E. Felps tomonidan ishlab chiqilgan jamg’arishning “oltin qoidasi” hisoblanadi. Unga mos keladigan fond bilan qurollanish darajasida quyidagi shart bajarilishi, ya’ni kapitalning chekli mahsuloti chiqib ketish me’yoriga teng bo‘lishi lozim. MPK=d, aholi o‘sishi va texnologik taraqqiyot hisobga olinganda esa MPK=d+n+g. 1. Mamlakat iqtisodiyoti U=AK 0.4 L 0.6 ko‘rinishidagi ishlab chiqarish funktsiyasi bilan ifodalangan. Kapitalning o‘sish yiliga 3 foizni, bandlar sonini o‘sishi 2 foizni, omillarning umumiy unumdorligi o‘sishi 1,5 foizni tashkil etsa, ishlab chiqarish hajmi qanday o‘zgaradi. ▲ ▲ ▲ 2. Daromaddagi kapital hissasi 40%ni tashkil qiladi. Ishlab chiqarish omillarining umumiy unumdorligi bir yilda 3%ga, ishchilar soni esa 1,3%ga o‘sayapti, iqtisodiy o‘sish yiliga 6%ni tashkil etayapti. Kobb - Duglas funktsiyasi asosida kapitalning bir yillik o‘sish sur’atini aniqlang. ▲ ▲ ▲ 3. Iqtisodiyotdagi YaIM 104%ga, ishchilar soni 1,1%ga, kapital hajmi esa 1,0% o‘sdi. Daromaddagi mehnat hissasi 60%ni tashkil etadi. Iqtisodiy o‘sishda ekstensiv va intensiv omillarining ulushini aniqlang. ▲ ▲ ▲ 50 X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT 4. Iqtisodiyotda daromaddagi kapital hissasi 50%ni tashkil etadi. Boshlang’ich (dastlabki) kapital bilan ta’minlanganligi kapitalning 16 birligini tashkil qiladi, daromadning 25%i jamg’ariladi, kapitalxizmat qilishining o‘rtacha muddati - 20 yil. Boshlang’ich va barqaror holatdagi bir ishchiga to‘g’ri keladigan mehnat unumdorligini, iste’mol va investitsiya hajmini, hamda kapital bilan ta’minlanganlikning barqaror darajasini aniqlang. ▲ ▲ ▲ 5. Mamlakatdagi YaIMning real o‘sishi yiliga 4%ni tashkil etadi. Asosiy fondlarning umumiy qiymati YaIMdan uch baravar ko‘proqdir. Bir yilda kapitalning ishdan chiqib ketishi YaIMning 15%ini tashkil etadi. Umumiy daromaddagi mehnatninghissasi 60%ga teng. Jamg’arma sohasida iqtisodiy siyosatning choralarini aniqlang. ▲ ▲ ▲ 6. Mamlakatdagi YaIMning real o‘sishi yiliga 4%ni tashkil etadi. Asosiy fondlarning umumiy qiymati YaIMdan uch baravar ko‘proqdir. Bir yilda kapitalning ishlab chiqarishdan chiqib ketishi YaIMning 15%ni tashkil etadi. Umumiy daromaddagi mehnatning hissasi 60%ga teng. Jamg’armaning optimal me’yorini ("Oltin qoida"ga to‘g’ri keladigan jamg’arma me’yorini), kapital bilan ta’minlanganlikning barqaror darajasini va bir ishchiga to‘g’ri keladigan daromadni aniqlang (A = 1). ▲ ▲ ▲ 7. Ishlab chiqarish funktsiyasining ko‘rinishi Y = K L 1- , = 0,5, mehnat birliklarning miqdori 16, kapital birliklarning miqdori esa 9. Mehnat va kapital egalarining daromadini aniqlang. 51 X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT ▲ ▲ ▲ 8. Ishlab chiqarish funktsiyasining ko‘rinishi Y = K 1/2 L 1-1/2 , mehnat birliklarning miqdori 25, kapital birliklarning miqdori esa 100. Agar muvozanatli foiz stavkasi sharoitida davlat xarajatlari 8ga, jamg’arma esa 10 ga teng bo‘lsa, ishlab chiqarilgan mahsulotning taqsimlanishi qanday bo‘ladi? ▲ ▲ ▲ 9. Ishlab chiqarish funktsiyasining ko‘rinishi Y = AK L 1- , = 1/3, mehnat birliklarining miqdori 8, kapital birliklarining miqdori esa 64. Ishlab chiqarish omillarining umumiy unumdorligi 60 ga teng. Ishlab chiqarish hajmini aniqlang. ▲ ▲ ▲ 10. Ishlab chiqarish funktsiyasining ko‘rinishi Y = K 1/2 L 1-1/2 , mehnat birliklarining miqdori 100, kapital birliklarning miqdori esa 36. Agar muvozanatli foiz stavkasi sharoitida iste’mol 40ga, investitsiyalar esa 12 ga teng bo‘lsa, davlat xarajatlarining hajmini aniqlang. ▲ ▲ ▲ 11. Faraz qilaylik, novvoyxonada nonning narxi - 80 so‘m, bir soatlik ish haqi esa 160 so‘mni tashkil etadi. o‘z foydasini maksimallashtirish uchun novvoyxonaning qo‘shimcha ishchilarni ishga qabul qilish sharti qanday bo‘ladi? 52 X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling