X. S. Xadjayev, sh sh. Fayziyev m. E. Jabbarov. Makroiqtisodiyot
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Makroiqtisodiyot-masala va topshiriqlar
2014 yilda
Soliq solinadigan daromad Soliq stavkasi eng kam ish haqining 5 barvarigacha miqdorda 7,5 % eng kam ish haqining 5 baravaridan (+1 so‘m) 10 baravarigacha miqdorda 16 % eng kam ish haqining 10 baravari (+1 so‘m) va undan yuqori miqdorda 22 % 2015 yilda Soliq solinadigan daromad Soliq stavkasi eng kam ish haqining 1 barvarigacha miqdorda 0 % eng kam ish haqining 1 baravaridan (+1 so‘m) 5 baravarigacha miqdorda 8,5 % eng kam ish haqining 5 baravaridan (+1 so‘m) 10 baravarigacha miqdorda 17 % eng kam ish haqining 10 baravari (+1 so‘m) va undan yuqori miqdorda 23 % 37 X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT B yudjet-soliq siyosati deganda noinflyatsion YaIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to‘liq bandlilikni, to‘lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o‘zgartirishni o‘z ichiga olgan chora-tadbirlar tushuniladi. Iqtisodiyot turg’unlik yoki pasayish davrida bo‘lgan vaziyatlarda davlat tomonidan rag’batlantuvchi, iqtisodiyotda to‘liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflyatsiya kelib chiqishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda esa cheklovchi fiskal siyosat olib boriladi. Rag’batlantuvchi fiskal siyosat davlat xarajatlarnni (G) oshirish yoki soliqlarni (T) kamaytirish yoki bo‘lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali, cheklovchi fiskal siyosat davlat xarajatlarnni (G) kamaytirish yoki soliqlarni (T) oshirish yoki bo‘lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali amalga oshiriladi. Hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi bo‘lsa, davriy pasayishni tugatish uchun o‘z xarajatlarini oshirishi, inflyatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Fiskal siyosat davlat sektorini cheklashga qaratilgan bo‘lsa, davriy pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy ko‘tarilish paytida esa davlat xarajatlarini oshirish maqbul yo‘l hisoblanadi. Davlat diskretsion yoki nodiskretsion fiskal siyosat olib borishi mumkin. Diskretsion fiskal siyosat davlat xarajatlari, soliqlar va davlat byudjeti qoldig’ini Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling