X. S. Xadjayev, sh sh. Fayziyev m. E. Jabbarov. Makroiqtisodiyot


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/53
Sana21.11.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1793307
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-Makroiqtisodiyot-masala va topshiriqlar

 
Masalalar 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 13 fevraldagi 
26-sonli qaroriga muvofiq Mikrofirmalar va kichik korxonalar 2015 yil 1 
yanvardan boshlab yagona ijtimoiy to‘lovni belgilangan stavka bo‘yicha (ya’ni 15 
foiz), biroq har bir xodimga eng kam oylik ish haqining 65 foizidan kam bo‘lmagan 
miqdorda hisoblaydilar. (Avval esa, ular eng kam oylik ish haqi miqdordan kam 
bo‘lmagan holda hisoblar edi). 
Jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga soliq solishda yer uchastkalarining 
normativ maydonidan ortiq qismiga belgilangan soliq stavkalarga nisbatan 1,5 
miqdorida ko‘paytiruvchi koeffitsient qo‘llanilishi belgilandi. 
Er uchastkalarining normativ maydonlari quyidagicha: Toshkent, Nukus 
shaharlari va viloyat buysunuvidagi shaharlarda – 0,06 gektar (6 sotix). Boshqa 
aholi punktlarida (dehqon xo‘jaliklari bundan mustasno) – 0,1 gektar (10 sotix)
Mikrofirma, kichik korxona va fermer xo‘jaliklari uchun yagona ijtimoiy 
to‘lovning amaldagi 25 % stavkasi 15 %ga pasaytirildi. 
Masalalarni echishda yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan foydalanish 
tavsiya etiladi. 
1. Sartaroshlik xizmatlari, manikyur, pedikyur, kosmetolog va boshqa shunga 
o‘xshash xizmatlar uchun 2014 yil bir oyga to‘lanadigan soliq miqdori Toshkent 
shahrida eng kam ish haqining 4 baravari, Nukus shahri va viloyat bo‘ysunuvidagi 
shaharlarda 2 baravari, boshqa aholi punktlarida 1 baravari miqdorida o‘rnatilgan 
edi. 2015 yilda bu soliq miqdorlari eng kam ish haqining 0,5 baravariga 
qisqartirildi. Shu ma’lumotlarga asoslangan holda soliq miqdorlarini barcha 
hududlar uchun 2014 va 2015 yillar uchun hisoblang va solishtiring. 


35
X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT
▲ ▲ ▲ 
2. Quyidagi jadvalda keltirilgan ma’lumotlar asosida davlat byudjetiga soliqlar 
hisobiga har bir yil uchun kelib tushadigan daromadlar miqdorini aniqlang. Faraz 
qilaylik, Toshkent viloyatida joylashgan bitta turar joyning inventarizatsiya qiymati 
50 mln. so‘m va viloyatda 10 mingta shunday turar joy mavjud. Toshkent shahrida 
umumiy maydoni 200 kv.m dan oshiq va 500 kv.m gacha bo‘lgan turar joy va 
kvartiralar 100 mingta, 500 kv.m dan oshiq bo‘lgan turar joy va kvartiralar esa 50 
mingta. Soliq tushumlarini tahlilini amalga oshiring. 
Soliq solinadigan ob’yektlarning nomi 
Soliq 
stavkasi, 
mol-mulkning 
inventarizatsiya qiymatiga nisbatan %da 
2012 yil 
uchun 
2013 yil 
uchun 
2014 yil 
uchun 
2015 
yil 
uchun 
Turar joylar, kvartiralar dala hovli 
qurilmalari, garajlar va boshqa imoratlar, 
xonalar va inshootlar* 
0,9 
1,04 
1,2 
1,3 
Shaharlarda joylashgan umumiy maydoni 
quyidagicha bo‘lgan turar joylar va 
kvartiralar: 
200 kv.m dan oshiq va 500 kv.m gacha 
bo‘lgan 
1,1 
1,25 
1,4 
1,6 
500 kv.m dan oshiq bo‘lgan 
1,35 
1,55 
1,8 
2,2 
*shaharlarda joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m dan oshiq bo‘lganlari 
bundan mustasno 
▲ ▲ ▲ 
3Toshkent shahri va viloyat markazlarida hamda boshqa shaharlar va qishloq 
joylarda 5 sotix, 8 sotix yer uchastkasi mavjud bo‘lgan fuqarolardan undiriladigan 
yer solig’i summasini 2014 va 2015 yillar uchun hisoblang. 
▲ ▲ ▲ 


36
X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT
4. Quyida keltirilgan ma’lumotlardan foydalangan holda 2014 va 2015 yillar 
uchun oylik daromadi 500 ming so‘m, 1 mln. so‘m hamda 1, 5 mln.so‘m bo‘lgan 
jismoniy shaxslardan undiriladigan soliq summasini aniqlang. Olingan natijalar 
asosida jismoniy shaxslarning soliq yuki pasayganligi yoki ortganligini izohlang. 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling