X. S. Xadjayev, sh sh. Fayziyev m. E. Jabbarov. Makroiqtisodiyot


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/53
Sana21.11.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1793307
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-Makroiqtisodiyot-masala va topshiriqlar

M
 
 
 
akroiqtisodiy nobarqarorlikni yuzaga kelishiga ishsizlik bilan bir qatorda 
inflyatsiya ham ta’sir ko‘rsatadi. Inflyatsiya narxlarning o‘sishi va u 
bilan bog’liq pul birligi harid quvvatini tushib ketishidir. 
Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi ichki omillar iqtisoddagi mutanosiblikning 
buzilishi, ishlab chiqarishda yakka hukumronlikka yo‘l qo‘yish, investitsiyalashda 
nomutanosiblik, narxlarni shakllantirishda davlatning yakka hukmronligi, kredit 
siyosatining noto‘g’ri olib borilishi, davlat moliyasi sohasidagi inqirozlar, davlat 
byudjetining taqchilligi, davlat qarzlarining o‘sishi, pul emissiyasi, pul muomalasi 
qonunining buzilishi va boshqalarni qamrab olsa, tashqi omillarga jahon iqtisodida 
bo‘lgan inqirozlar, davlat valyuta siyosati, davlatning boshqa davlatlar bilan 
bo‘ladigan noqonuniy operatsiyalar va boshqa shu kabilarni o‘z ichiga oladi. 
Odatda iqtisodiyotda talabning keskin oshib ketishi va uni ishlab 
chiqarishning real hajmi bilan qondirilishi mumkin emasligi paytida talab 
inflyatsiyasi holati ro‘y beradi. Bunga sabab harbiy xarajatlarning o‘sishi va 
iqtisodning harbiylashuvi, davlat qarzlarining o‘sishi va byudjet taqchilligining 
mavjudligi, milliy iqtisodiyotga keragidan ortiqcha kredit berish bo‘lishi mumkin. 
Iqtisodiyotda tovar va xizmatlar taklifi kamayib borsa va uning oqibatida 
narxlar ko‘tarilsa taklif inflyatsiyasi paydo bo‘ladi. Buning sababi mehnat 
unimdorligining pasayishi natijasida ishlab chiqarishning qisqarishi, har xil yangi 
xizmat turlari paydo bo‘lisi mumkin 
Fillips egri chizig’i ishsizlik va inflyatsiya darajalari o‘rtasidagi teskari 
bog’lig’likni xarakterlaydi va u asosan qisqa muddatli davr uchun xosdir. 
Aksilinflyatsiya yoki inflyatsiyaga qarshi siyosat - bu narxlar umumiy 
4-MAVZU. INFLYATSIYA VA AKSILINFLYATSIYA 
SIYOSATI 


17
X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT
darajasini barqaror darajada saqlash, inflyatsiyani yumshatishga qaratilgan hukumat 
amalga oshiradigan chora-tadbirlaridir. 
Inflyasiyaga qarshi siyosat yalpi talab va yalpi taklifni tartibga solishni 
qamrab oladi hamda bu siyosatni tovarlar va xizmatlar hajmini aholi daromadlariga 
muvofiqlashtirish, barcha ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish, hamda 
xarajatlarni qisqartirish, ish haqiga nisbatan mehnat unumdorligining ildamroq 
o‘sishni ta’minlash, ko‘plab talab qilinadigan tovarlar va xizmatlarning hajmi 
o‘sishiga muvofiq pul emissiyasini qat’iy nazorat qilish, tovar va xizmatlarni ishlab 
chiqaruvchilar hamda iste’molchilar orasidagi vositachilar sonini kamaytirish, 
kredit berishni tartibga solish, kredit uchun foiz stavkalarini puxta yo‘lga solib 
turish, davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari muvozanatini ta’minlash 
yollari orqali amalga oshirish mumkin. 
1. Iqtisodiyotdagi ishsizlikning tabiiy darajasi - 6%, kutilayotgan inflyatsiya 
darajasi - 3%. haqiqiy YaIMning potentsial YaIMdan uzilish miqdori 0 dan 
kamroq. Tashqi narx shoklari mavjud emas. Inflyatsiyaning haqiqiy darajasini 
aniqlang.
▲ ▲ ▲ 
2.Iqtisodiyotda Fillips egri chizig’ining tenglamasi quyidagicha: 



e
– 
0,5(u – u*). Ishsizlikning tabiiy darajasi - 5,4%, kutilayotgan inflyatsiya darajasi - 
4%. haqiqiy ishsizlik darajasi esa 3,6%. Inflyatsiyaning haqiqiy darajasini aniqlang.
▲ ▲ ▲ 
3.2012 yilda iste’mol narxlar indeksi (INI) 301ga, 2013 yilda esa - 311ga 
teng bo‘lgan. 2011 yil asos qilib olingan yil deb hisoblanadi. 2013 yilda 2012 yilga 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling