X umarov husnixat o`qitish metodikasi guliston 2013 O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


Harflarni bilinarsiz bir tekis yozish


Download 1.26 Mb.
bet61/71
Sana23.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1717197
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   71
Bog'liq
portal.guldu.uz-HUSNIXAT O`QITISH METODIKASI

Harflarni bilinarsiz bir tekis yozish. Harflarni bosimsiz bir tekisda yozish ham chiroyli yozuv malakalarini shakllanishida asosiy o`rin tutadi.
Ruchkani barmoqlar orasida qattiq siqmasdan erkin va bo`sh ushlash harflarni tekis yozishga imkon yaratadi.
Bosimsiz yozish harflarning umumiy ko`rinishi bir tekis va chiroyli bo`lishi, tez yozish malakasining shakllanishi va bog`lab yozishni to`g`ri amalga oshirishda engillik tug`diradi.
O`qituvchi doskada arflarni bo`r bilan yozib ko`rsatadi. Bunda o`qituvchi ham bo`rni qattiq ushlamay, bosimsiz bir tekis yozishi lozim.
O`quvchilarga bosim bilan yozilgan matnlarni ko`chirtirmaslik kerak.
Bosimsiz, bir tekis yozishga darsning dastlabki kunlaridanoq odatlantirib borish kutilgan samara beradi, o`quvchining qo`lini toliqtirmaydi.
Bog`lashlarni to`g`ri ifodalash. Husnixat darslarida harflarning shakllarini yozib tugatganlaridan keyin o`qituvchining navbatdagi vazifasi harflarni bir-biriga ulab, qo`shib yozishga o`rgatishdan iborat.
Boshlang`ich sinflarning o`quv dasturida o`quvchilarga harflarni elementlarga ajratmay, bog`lab yozishlari talabi qo`yiladi. Harflarni qo`shib yozilishini ta’minlash uchun ayrim chiziqlar o`z harakati bo`yicha orqaga qaytadi. Bunday harakatlar chiziq doira shaklidagi harflarda ko`proq kuzatiladi.
Ko`pchilik bosh harflar kichik harflar bilan qo`l harakatini uzmay, ulab yoziladi.
Namuna sifatida kichik d harfiga kichik a harfini ulab yozish quiydagi tartibda tushuntiriladi:
– Bolalar, qarang, men kichik d harfini kichik a harfiga qo`shib yozishni ko`rsataman. Siz mening qo`l harakatimga e’tibor bering;
– Kichik d harfining ikkinchi elementini yuqoriga olib chiqib, salgina pastga burib, yana orqaga qaytaramiz va kichik a harfini hosil qilamiz;
– Qani, bolalar, kim ko`rsatadi, bu ikkala harfni men qanday qilib qo`shib yozdimq.
Bir o`quvchi doskaga chiqadi, o`qituvchi yozgan harflar ustidan qo`lini yurgizadi, qolgan o`quvchilar diqqat bilan kuzatadilar. Agar o`quvchi yanglishsa, boshqa o`quvchi chaqirilib xato tuzatiladi.
– Qani, bolalar, bu harflarning qo`shilish holatini havoda mashq qilamiz. Hammangiz ruchkangizni oling. Boshladik (o`qituvchining o`zi bilan birga qaytariladi).
Shundan so`ng bolalar bu harflar bog`lanishini daftarlariga kuchirib yozadilar, yozganlarida qo`l harakatini uzmayotganliklariga e’tibor qaratiladi.
Ikkala harf qo`shib yozilib, bir necha qator yozdiriladi. O`qituvchi bu vaqtda sinf aylanib chiqib, noto`g`ri yozayotgan o`quvchilarga yordam beradi.
1-sinfda o`quv yilining II yarimdan boshlab o`quvchilar 4-5 harfdan toshkil topgan so`zlarni qo`l harakatini uzmasdan yoza oladilar. 2-sinfdan boshlab murakkab so`zlarni ham bog`lab yozishlari lozim.
Ammo ayrim bosh harflar esa qo`l harakatini uzib yozishni talab etadi. Masalan: G bosh harfiga kichik a harfini ulashda qo`l harakatini uzish talab etiladi. Bunday holda bog`lanish yozib ko`rsatiladi. Masalan, o`qituvchi Vaqt, T’shkent, N’dir so`zlarini yozib ko`rsatishi lozim.
– Qani, bolalar, bu so`zlarni yozishda qo`l harakatini qaerda uzdimq
– Siz katta V harfidan keyin kichik a harfini yozishda qo`l harakatini uzdingizq
– Siz, katta G harfidan keyin o harfini yozishda qo`l harakatini uzdingizq
– To`g`ri. Agar so`zlarda bosh harflardan keyin ulash chiziqlari bo`lsa, qo`l harakati uzilmasdan keyingi harflarga ulanadi. Lekin bosh harflarga ulanadi. Lekin bosh harflarda ulash chiziqlari bo`lmasa qo`l harakati uziladi va ulash chizig`i qo`shilib keyingi harflarga ulanadi. Shu tartibda qo`l harakatini uzmasdan harflarni bog`lab yozish qiyalikni bir xilda saqlashga ham yordam beradi.
Bog`lashlarni to`g`ri ifodalash qoidalari har bir sinflarda eslatib turiladi, shundagina bolada tez yozish malakasi o`sadi.
Husnixatga o`rgatishning yuqoridagi qoidalari to`g`ri o`rgatib borilsa, o`quvchilarni xatosiz, chiroyli, ravon yozishini amalga oshirish mumkin. shu nutqni nazariy husnixat darslarini to`g`ri tashkil qilishga yo`llanma sifatida bitta dars namunasini keltiramiz.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling