X umarov husnixat o`qitish metodikasi guliston 2013 O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


Harf va uning elementlarini tahlil qilish usuli


Download 1.26 Mb.
bet50/71
Sana23.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1717197
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   71
Bog'liq
portal.guldu.uz-HUSNIXAT O`QITISH METODIKASI

8. Harf va uning elementlarini tahlil qilish usuli
Harf va uning elementlarini tahlil qilish turlicha amalga oshiriladi. Harflarni elementlarga ajratib tahlil qilish, har bir harfning necha elementdan tuzilganligini, qanday shaklga ega ekanligini, bu elementlar boshqa harflar bilan bog`lanishida qanday ko`rinishga ega bo`lishini o`quvchilar tasavvur etadilar. Ammo soddalashtirilgan harflar alfaviti ko`p harflarni elementlarga ajratmay, bir butun ¸zishni talab qiladi. Masalan b harfi elementlarga ajratilmay, bir butun shaklda yoziladi.
Ayrim harflar bir necha elementdan tashkil topgan bo`lib, ular bir butun shaklda ¸ziladi, ammo o`qituvchi uning necha elementdan iboratligini faqat eslatib o`tadi. Masalan, kichik d harfining birinchi elementi to`liq oval, ikkinchi elementi pasti halqali ta¸qchadan iborat.
Bu o`rinda harfning necha elementdan iborat ekanligi esalatib o`tiladi, yozishda esa bu harfni qo`l harakatini uzmasdan yozish talab chilinadi.
9. Yozuv malakasini ongli o`zlashtirish usuli.
Husnixat qoidalarini yaxshi bilish, yozuv malakasining to`g`ri shakllanishiga yaqindan yordam beradi.
Chiroyli yozuv qoidalarini qisqa va tushunarli qilib ba¸ etish lozim, shundagina o`quvchilar uni to`liq o`zlashtiradi va amalda qo`llaydi. Masalan, 1-sinfda dastavval to`g`ri joylashtirish talablari asosida, so`zlarda harflarning balandligini va qiyaligini bir xilda saqlash, so`zlar harflar elementlari va harflar oralig`ining masofasini chamalab yozish qoidalari kelib chiqadi.
Har bir qoidani asta-sekin, o`z o`rni bilan o`rgatib borish husnixat qoidalarini ongli o`zlashtirishga olib keladi. Masalan, avval yozuvning qiyaligini to`g`ri belgilash talab etilsa, keyinchalik har va so`zlarni yozdirishda bu qoidaga amal qilishga kirishiladi.
Yozuvning qiyaligi qoidasi singdirilgach, harflarni bir xil masofada tekish yozish qoidasi o`rgatiladi. Harflar elementlarini qo`l harakatini uzmasdan yozish qoidalari o`rgatilgach, so`zlarni qo`l harakatini uzmasdan¸ yozish qoidalari o`rgatiladi.
Keyinchalik tez, toza, chiroyli, aniq yozish qoidalari o`rgatiladi.
Lekin bu qoidalarni bolani bezor qiladigan darajada takrorlash tavsiya etilmaydi. Negaki, bu qoidalarga ongli ravishda amal qilib borilishi lozim.



Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling