Xalifalikning zaiflashuvi mavzusini o’qitish metodikasi


Xorazmshohlar davlatining tashkil topishi


Download 41.03 Kb.
bet5/11
Sana14.02.2023
Hajmi41.03 Kb.
#1198431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-mavzu

Xorazmshohlar davlatining tashkil topishi. Otsizning siyosatini uning vorislari Elarslon (1156-1172), Sultonshoh Mahmud (1172) va Takash (1172-1200) davom ettiradilar. 12-asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat yanada keskinlashadi. 1153-yilda Sulton Sanjarga qarshi ko’chmanchi o’g’uzlar isyon ko’taradilar. Buning oqibatida Saljuqiylar davlati keskin zarbaga uchrab, zaiflashib qoladi.
Dastavval undan Kichik Osiyo va Kermon ajralib ketadi. So’ngra Fors, Ozarbayjon va Xuroson viloyatlari mustaqil bo’lib oladi. Bunday siyosiy vaziyatda, shubhasiz, Xorazmning hukmronlik doirasi kengaytirilib, uning mustaqilligi yanada mustahkamlanadi. Xorazm davlati, ayniqsa, Otsizning nabirasi Takash davrida juda kengayadi. 1187-1193-yillarda u Nishopur, Ray va Marv shaharlarini zabt etadi. 1194-yilda esa saljuqiylar sultoni To’g’rulga qaqshatqich zarba berib, Eronni Xorazmga bo’ysundiradi.
Davlat hududining kengayishi. Takashdan so’ng uning o’g’li Alovuddin Muhammad (1200-1220) ham Xorazm davlatini kengaytirish siyosatini davom ettiradi. 1206-yildan boshlab Movarounnahrni qoraxitoylarning qaramligidan ozod etishga kirishildi. 1210-yilda Talos vodiysida qoraxitoylar mag’lubiyatga uchraydi. Yettisuvgacha bo’lgan yerlar Xorazmshohlar davlati tasarrufiga o’tadi.
13-asr boshida Xorazm juda keng maydonni egallagan buyuk davlatga aylangan edi. Uning shimoli g’arbiy va g’arbiy chegarasi Orol va Kaspiy dengiz sohillaridan janubi g’arbda Iroqqa qadar borar edi. Janubi sharqiy hududlari G’azna viloyatidan, shimoli sharqiy chegarasi esa Yettisuv va Dashti Qipchoqdan o’tar edi.
Sharqdagi bu ulkan davlatning poytaxti Urganch shahri edi. Hukmdor Muhammad Xorazmshoh esa «Iskandari soniy» deb ulug’langan. Uning saroyida 27 hukmdor va ularning vakillari doimo itoatda bo’lgan.
Mamlakat qoraxitoylar zulmidan qutulgan bo’lsa-da, mehnatkash aholining ahvoli yengillashmadi. Aksincha, xorazmshohlarning harbiy yurishlari, soliq siyosatidagi beboshlik, amir va ma’murlarning jabr-u zulmi mamlakat fuqarolarining moddiy ahvolini g’oyat og’irlashtirdi, xalq xo’jaligini yanada zaiflashtirdi. Bu, shubhasiz, shahar va qishloq aholisining Xorazmshohga qarshi noroziligini oshirdi. Natijada, 1210-yilda O’tror aholisi, 1212-yilda esa samarqandliklar qo’zg’olon ko’tardilar. Muhammad Xorazmshoh qo’zg’olonlarni shafqatsizlik bilan bostiradi.
Viloyat hukmdorlarining isyonlari, xalqning ko’pgina tabaqalari noroziligi, qo’shin va saroyda fitnalarning avj olishi davlatning beqarorlik holatini yaqqol ko’rsatar edi. Shuning uchun ham bu davlat ko’p yashamadi.

Download 41.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling