Gen (nuqtaviy) mutatsiyalarni o‘rganishda asosiy e’tibor DNK - Gen (nuqtaviy) mutatsiyalarni o‘rganishda asosiy e’tibor DNK
- molekulasidagi juft nukleotidlar gallanishining o‘zgarishiga qaratilgan
- bo‘lishi kerak. Eng avvalo nuqtaviy mutatsiyalarni hosil qiluvchi ayrim juft
- nukleotidlardagi o‘zgarishlarga e’tibor qaratilishi kerak. Genetik
- materiallarning yanada yirikroq o‘zgarishlari bilan keyingi mavzularda
- tanishamiz.
- Nuqtaviy mutatsiyalar DNK dagi bir juft nukleotidlar (yoki RNK dagi
- nukleotid) ning o‘zgarishidir. Bu tipdagi mutatsiyalar quyidagi guruhlarga
- bo‘linadi.
- a) tranzitsiyalar-orientir olishni o‘zgartirmaydigan holdagi juft
- nukleotidlarning almashinishi (AT GC): juftlik doirasida purin-
- pirimidin (100-rasm, A);
- b) transversiya-orientir olishni o‘zgartiradigan juft nukleotid-
- larning almashinishi (AT SG, AT TA, GC CG) (100-rasm, B);
- v) ortiqcha nukleotidlarning qo‘shilishi;
- g) juft nukleotidlarning tushib qolishi.
DNK replikatsiyasi yarim konservativ hisoblanadi. Qoʻsh spiralning har bir zanjiri oʻziga komplementar yangi zanjir sintez qilinishi uchun andoza boʻlib xizmat qiladi. - DNK replikatsiyasi yarim konservativ hisoblanadi. Qoʻsh spiralning har bir zanjiri oʻziga komplementar yangi zanjir sintez qilinishi uchun andoza boʻlib xizmat qiladi.
- Bu jarayon natijasida bitta boshlangʻich molekuladan ikkita “qiz” molekula hosil boʻladi va har bir yangi hosil boʻlgan qoʻsh spiral bitta yangi va bitta eski ipdan iborat boʻladi.
- DNK polimeraza
- DNK replikatsiyasidagi eng asosiy molekulalardan biri DNK polimeraza fermenti hisoblanadi. DNK polimeraza DNK sinteziga javobgar: u andoza zanjirdagi ketma-ketlikka asosan yangi hosil boʻlayotgan DNK zanjiriga nukleotidlarni bittadan biriktiradi.
DNK polimerazaning asosiy xususiyatlari: - DNK polimerazaning asosiy xususiyatlari:
- Doim andozadan foydalanadi
- Yangi zanjirga nukleotidlarni faqatgina 3ʼ oxiri tomondan biriktiradi
- DNK zanjirini noldan boshlab sintezlay olmaydi, ammo oldindan mavjud boʻlgan zanjir yoki praymer deb nomlanuvchi qisqa nukleotid fragmentlaridan foydalanadi.
- Ular tahrir qiladi yoki oʻz ishlarini qayta tekshirib, zanjirga tasodifan qoʻshilgan “notoʻgʻri” nukleotidlarning katta qismini olib tashlaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |