"xalq bank"ning tashkiliy tuzilishi


Download 105.46 Kb.
bet1/6
Sana03.09.2023
Hajmi105.46 Kb.
#1672306
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
xalq banki


Mundareja:



  1. Kirish……………………………………………………3

  2. Asosiy qism.

  1. “XALQ Bank”ning tashkiliy tuzilishi……………...6

  2. “ Xalq bank”ning asosiy iqtisodiy ko’rsatkichi….10

  3. “XALQBank” Buxgalteriya bo’limining tarkibi va tuzilishi …………………………………………...11

  4. “Xalq Bank”ning kredit bo’limi faoliyati……….14

  5. “Xalq Bank”ning chakana xizmatlari…………...16

  1. Xulosa…………………………………………………..21

  2. Foydalanilgan adabiyotlar…………………………….22


Kirish
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida bank tizimini takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarning dastlabki natijalari bank faoliyatining fundamental asoslarini shakllantirish va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘rtasida ma’lum uzilishlar mavjudligidan dalolat bermoqda. Mazkur holat birinchi navbatda, bank tizimining yaqin va uzoq istiqboldagi holatini belgilab beruvchi strategik rivojlanish dasturlari va yo‘nalishlariga ta’alluqlidir. Xususan, O‘zbekiston Respublikasini 2017–2021 yillarda yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida.
“Bank faoliyatini tartibga soluvchi zamonaviy tamoyil va mexanizmlarni joriy etish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymayotgan to‘siqlarni bartaraf etish yo‘nalishida 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan bank faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar, shu jumladan bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining talablariga asosan, tijorat banklarining mablag‘lari etarliligi va likvidliligi darajasi ko‘rsatkichini qo‘llab-quvvatlash” zarurligi qayd etilgan. Bu bilan 2019 yilning yakunigacha bank nazorati bo‘yicha xalqaro Bazel – 3 kelishuvi talablarining bank faoliyatiga joriy etish jarayonlari yakunlanishi nazarda tutilmoqda.
Tijorat banklari iqtisodiyotning “qon tomir tizimi” bo‘lib, aholi va biznesning to‘planib qolgan jamg‘armalarini taqsimlash orqali iqtisodiyotni zarur moliyaviy resurslar bilan ta’minlaydi. Bu vositachilik iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan “yoqilg‘i” bilan ta’minlaydigan omilidir.
Vositachi sifatida tijorat banklari pul mablag‘laridan foydalanganligi uchun foiz to‘lash sharti bilan omonatlarni jalb qiladilar va ularni aholi va tadbirkorlarga kreditlar va investitsiyalar shaklida foiz evaziga taqdim etadilar.
SHuningdek, tijorat banklari xorijiy valyutani naqd va naqd pulsiz shakllarda sotib olish va sotish, bank konsalting va informatsion xizmatlar, hujjatlarni va boshqa qimmatbaho narsalar va hokazolarni saqlash uchun seyf va yacheykalarni ijaraga berish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatadi.
Tijorat banklarining xizmatlar turi:
Jismoniy shaxslarga:

Yuridik shaxslarga:

  • Pul o’tkazmalari

  • Depozitlar

  • Bank kartalari

  • Kredit mahsulotlari,shu jumladan xorijiy valyutada

  • Lizing

  • Konversion amaliyotlari

  • Internet-banking

  • Individual seyf va yacheykalari

  • Hisob-kitob va kassa xizmatlari

  • Xorijiy kredit liniyalari

  • Loyihalarn moliyalashtirish

  • Sug’urta tashkilotlari nomidan sug’urta shartnomasini tuzish

  • Omonat sertifikatlari

  • Mol-mulkni ishonchli boshqarish

O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan bank bu – tijorat muassasasi bo‘lib, jismoniy va huquqiy shaxslarning bo‘sh turgan pul mablag‘larini jalb qilish va ularni o‘z nomidan, to‘lov, muddat-lilik, qaytib berish sharti asosida joylashtirish operatsiyalarini va boshqa bank operatsiyalarini bajaradi.
Ba’zi adabiyotlarda bank korxona sifatida ham izohlanadi. Ma’lumki, bank yaxlit olingan korxona sifatida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirmaydi. Tijorat banklarining faoliyatini korxona faoliyatiga jihatidan o‘xshatish mumkinki, tijorat bank-lari ham korxonalar singari faoliyatini o‘z daromadini ko‘pay-tirishga va shu asosda birinchidan o‘z asoschilari - aksionerlarining manfaatlarini, ikkinchidan o‘z mijozlarining manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashi.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda: “Mamlakatimiz bank tizimi va bozor infratuzilmasining boshqa organlari faoliyati samaradorligini oshirish ham dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Afsuski, hozirgi kunda ularning faoliyati bugungi hayot va iqtisodiy islohotlar talablaridan ancha ortda qolmoqda”. Mamlakatimizda iqtisodiyotning kreditlar bilan ta’minlanganligi, yani iqtisodiyotga yo‘naltirilgan bank kreditlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi Jahon banki tavsiya etgan eng kam me’yor – 60% dan ancha pastligi, (2016 yilgacha 26% dan oshmagan 2017-yilda esa amalga oshirilgan devalvatsiya natijasida xorijiy valutada berilgan kreditlarning so‘mdagi qiymati 2 barobar ortishi natijasida 44% ga ko‘tarildi), tijorat banklarimizning zamonaviy kreditlash shakllari: forfeyting, faktoring, kontokorrent, overdraft, kredit kartalari orqali kreditlash, kabilardan foydalanish amaliyotining rivojlanmaganligi kabi holatlar bank tizimimizning ojiz nuqtalaridir. Aynan mana shu holatlar malakaviy amaliyot hisoboti mavzusining dolzarbligidan dalolat beradi.
Bank tizimiga zamonaviy servis yechimlari asosida axborot texnologiyalarini, moliyaviy texnologiyalarni keng joriy etish, axborot xavfsizligini lozim darajada ta‟minlash, shuningdek, moliyaviy xizmatlar ko’rsatishda inson omili ta‟sirini kamaytirish bo’yicha tezkor chora-tadbirlar ko’rish talab etilmoqda.
Banklarning investitsiyaviy jozibadorligini, bank xizmatlari ommabopligi va sifatini oshirish uchun bank sektorini tubdan transformatsiya qilish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi “2020-2025 yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to’g’risida” PF-5992-son Farmoni qabul qilindi.
Moliya-bank tizimining barqaror rivojlanishini ta‟minlash asosan milliy ta’lim tizimini mustahkamlash, uni zamon talablari bilan uyg’unlashtirish asosida jahon andozalari darajasiga chiqarishga katta ahamiyat berib kelinmoqda.
Mazkur malakaviy amaliyoti dasturi “Bank ishi va auditi” bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalari uchun tayyorlangan bo’lib, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1998-yil 30-oktyabrdagi 305-sonli buyrug’I bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida”gi Nizom talablari asosida ishlab chiqilgan. Shuningdek, amaliyot dasturi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan.



Download 105.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling