Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashining namunaviy reglamenti hamda xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashining doimiy komissiyalari to


VI bob. Tuman (shahar) hokimi — mahalliy Kengash rahbarini tasdiqlash tartibi


Download 254.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/32
Sana24.12.2022
Hajmi254.42 Kb.
#1052381
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32
Bog'liq
SQ-360-IV-сон 31.07.2021. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamenti hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida

VI bob. Tuman (shahar) hokimi — mahalliy Kengash rahbarini tasdiqlash tartibi
41-modda. Tuman (shahar) hokimi — mahalliy Kengash rahbarining nomzodi viloyat
(Toshkent shahar) hokimi tomonidan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga tasdiqlash uchun
taqdim etiladi.
42-modda. Tuman (shahar) hokimi — mahalliy Kengash rahbarining nomzodlarini tasdiqlash
to‘g‘risidagi masala viloyat (Toshkent shahar) hokimi tomonidan taqdimnoma kiritilgan kundan
e’tiboran, qoida tariqasida, uch kun ichida ko‘rib chiqiladi.
43-modda. Tuman (shahar) hokimi — mahalliy Kengash rahbari lavozimiga nomzodga
deputatlarning savollariga javob berish uchun 20 daqiqagacha vaqt ajratiladi. Nomzodni sessiyada
muhokama qilish uchun 10 daqiqagacha vaqt ajratiladi.
44-modda. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining tuman (shahar) hokimi — mahalliy
Kengashi rahbarining nomzodini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul
qilinib, kechi bilan uch kun ichida viloyat (Toshkent shahar) hokimiga yuboriladi.
45-modda. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik
ovozini olgan tuman (shahar) hokimi — mahalliy Kengash rahbarining nomzodi tasdiqlangan
hisoblanadi.
VII bob. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zolarini saylash tartibi
46-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zolari (bundan buyon matnda
Senat a’zolari deb yuritiladi) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari
viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatlarining qo‘shma majlislarida Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — olti kishidan mazkur deputatlar
orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.
47-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda
Markaziy saylov komissiyasi deb yuritiladi) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq
deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov yakunlari e’lon qilinganidan keyin uch


kunlik muddatda Senat a’zolarini saylash uchun deputatlarning qo‘shma majlislari (bundan buyon
matnda qo‘shma majlis deb yuritiladi) o‘tkazilishini e’lon qiladi.
Markaziy saylov komissiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahrida qo‘shma majlislarni o‘tkazish vaqti, sanasi va joyi ko‘rsatilgan qarori ommaviy axborot
vositalarida e’lon qilinadi.

Download 254.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling