Xalq musiqa ijodiyotining mahalliy uslublarga xos janr turlari tavsifi


Download 108.04 Kb.
bet4/8
Sana15.06.2023
Hajmi108.04 Kb.
#1483225
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Buxoro samarqand musiqa uslubi

Farg’ona-Toshkent musiqa uslubi. Farg’ona-Toshkent shahar va viloyatlari hududlarida yashovchi xalq musiqa hayotida vujudga kelgan turli an’ana, urf-odat, marosim, bayramlar bilan bog’liq kuy-qo’shiqlar, aytimlar va maqom yo’llaridir. Xalq musiqasiga oid kuy, terma, lapar, yalla, qo’shiq, mumtoz asarlar janrlariga mansub ashula, dostonchilik, maqomchilik kabi san’at yo’nalishidagi asarlar bu uslubda keng taraqqiy topgan.. Bundan tashqari bu mahalliy uslubda bolalar folklori, xotin-qizlar qo’shiqchilik ijodi yallachilik, ashulachilik ham keng ommalashgan. Bolalar qo’shiqlari “Boychechak”, Yomg’ir yog’aloq” “Laylak keldi” “” “Oftob chiqdi” kabi she`rlar jumlasidandir.
Farg`ona-Toshkent musiqa uslubi “Katta ashula” deb nom olgan ashula janri ham bo`lib, bu boshqa uslublar musiqa amaliyotida uchramaydi. Dostonchilik an`analarida maqom “Alpomish” “Rustamxon” “Avazxon” “Shirin bilan Shakar” singari dostonlar ijro etib kelinadi.
Farg`ona-Toshkent ansamblida deyarli barcha xalq cholg`ulari-dutor, tanbur, rubob, nay, sato, g`ijjak, qo`shnay, surnay, karnay, doira, nog`ora, ko`rish mumkin.Bu cholg`ularning ayrimlari uchun maxsus ijro yetiladigan kuylar bor. Karnay, surnay, nog`ora, to`y bazmlari bilan bog`liq marosimlarda (Shodiyona, Duchava), dutor cholg`usi uchun “Qo`shtor”, “Chertmak”, “Dutor bayoti” kabi kuylar, tanbur, sato, nay, qo’shnay, g’ijjak, chang singari sozlar asosan kasbiy musiqalar ijrosida qo’llaniladi. Raqs kuylari ancha mashhur-”Tanovar”, “Dilxiroj”, “Andijon polkasi” , “Katta o’yin” kabilar ayniqsa juda mashhur.
Farg’ona vodiysida xotin-qizlar ijodi, xususan lapar, yalla, yor-yor aytishuvlari, kelin salomlar ommaviy tus olgan. Yallachilik san’ati esa alohida o’ri tutadi. Yalla-bu band-naqarot shaklidagi aytim bo’lib, u raqsga tushib kuylanadi. Yakkaxon-yallachi doira jo’rligida raqsga tushib bandlari kuylasa, naqarotlarni davrada hozir bo’lgan ko’pchilik aytishadi. Bundan tashqari Buxoro-Samarqand sozandalari va Xorazm xalfalari san’atiga yaqin bo’lgan kasbiy yallachilar ham bo’lib, ular yakka holda yoki ansambl tarzida namoyon bo’ladi.

Download 108.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling