Xalq musiqa ijodiyotining mahalliy uslublarga xos janr turlari tavsifi
Download 108,04 Kb.
|
Buxoro samarqand musiqa uslubi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Musiqa tinglash
Yangi mavzu: Buxoro Samarqand musiqa uslubi haqida” doskaga yozilib uni o’rganish rejasi keltiriladi.
Mavzu rejasi:1. Buxoro Samarqand musiqa uslubi haqida. 2. Buxoro Samarqand musiqasini o’rganish. 3. Buxoro Samarqand musiqasi va shoirlari haqida. Mazkur mavzuni “Zinama-zina” texnologiyasidan foydalangan xolda darsni tashkil etish mumukin. -O’quvchilar 3 guruhga bo’linib, 1-guruh rejaning birinchi savolini; 2-guruh rejaning 2-savolini; 3-guruh rejaning 3-savolini ochishga harakat qiladilar. -O’qituvchi guruh a’zolarini tarqatma materialda yozilgan kichik mavzular (rejalar) bilan tanishishlarini va shu mavzu asosida bilganlarini jamoa bilan birgalikda fikrlashib yozib chiqish vazifasini berib vaqt belgilaydi. -Guruh a’zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan kichik mavzuni yozma ko’rinishda ifoda etadilar. -Tarqatma material to’ldirilgach, guruh a’zolaridan bir kishi taqdimot qilib, tayyorlangan materialni doskaga “Zina” (tagma-tag) shaklida o’rnatib chiqadilar. -O’qituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh berib, mavzuni mustahkamlaydi. Buxoro Samarqand musiqasini o’rganish o’zining asrlar davomida shakllangan an’analari, maxalliy urf odatlari, dostonchilik san’ati bilan alohida ajralib turadi. Ularning mumtoz musiqa janri asosan dostonchilik bilan bog’liqdir. Ularga mehnat aytimlari mavsumiy va marosim qo’shiqlari va baxshilar san’ati kiradi.D oston ijrochiligining o’ziga xos xususiyati uni kuylanishida bo’lib, unda doston tomoqda “bo’g’iq” ovozda kuylanadi. Bu vohada eng ko’p tarqalgan dostonlardan “Alpomish”, “Sohibqiron”, “Avazxon”, “Iskandarnoma”, “Go’ro’g’li”, “Oshiq G’arib va Shohsanam” tarixiy bahodirlik va ishqiy dostonlardir.
Musiqa tinglash faoliyati bo’yicha Buxoro Samarqand musiqas yo’nalishdagi kuy qo’shiqlardan tenglash. “Baljuvon” xalq kuyi fortepiano ijrosida tinglab, uni ritmini hamda o’lchovini aniqlanadi.(6/8) Download 108,04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling