Xalq musiqa ijodiyotining mahalliy uslublarga xos janr turlari tavsifi
Download 108.04 Kb.
|
Buxoro samarqand musiqa uslubi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Musiqa savodi
Jamoa bo’lib kuylash faoliyatini bajarishdan oldin o’quvchilar bilan ovoz sozlash mashqlari o’tkaziladi. Bunda mashq qo’shiqning musiqiy matnlaridan olinishi yoki musiqiy iboralardan olingan bo’lishi mumkin.
“Tinchlik bo’lsin” I.Jiyanov she’ri X.Hasanova musiqasi qo’shig’ining mazmuni bilan tanishtirib, qo’shiq xaqida qisqacha suhbat o’tkaziladi hamda qo’shiqning 1-kupleti va naqoroti o’rgatiladi.
Musiqa savodi: Darslikdagi kuy parchasini dirijyorlik qilib, notalarini aniq, ravon va sof tovushda kuylashga erishish. O’qituvchi o’quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qiladi. 1. Kuy parchasini o’lchovi qanday ekan? (2/4) 2. Kuyda qanday cho’zimdagi tovushlar uchradi?(chorak, nimchorak, yarimtalik) 3. Kuyda pauzalar bormi, bo’lsa ular qanday va nechiga sanaladi?(choraktalik pauza, 1 i ga sanaladi) 4. Kuy necha taktdan iborat? (8 takt) O’qituvchi: Aziz bolajonlar mana bugungi darsimizni ham yakunladik, hozir har bir guruhning to’plagan rag’bat kartochkalarini hisoblab chiqamiz. Qaysi guruh ko’p to’plagan bo’lsa usha guruh g’olib deb topiladi. Hammangiz bugungi darsda faol qatnashganingiz uchun rahmat. VI bosqich Uyga vazifa: Buxoro Samarqand musiqa uslubi haqida mavzusini o’qib, o’rganib kelish, qo’shiqni takror avtib, nota yozuvi ustida ishlab, qo’shiq matnini yaxshilab o’rganib kelish topshiriladi O’qituvchi: Xayr sog’- omon bo’ling. O’quvchilar: Ustoz siz ham sog’ bo’ling, Baxtimizga bor bo’ling. O’qituvchi: Good bye my dear poople O’quvchilar: Good bye. 0 ‘zbek musiqasi tarixi fanining asosiy maqsadi - musiqa sohasidagi oliy ta’iim muassasalari talabalariga ushbu fandan asosiy bilimlami berish, o'zbek musiqasi haqida kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lish, xalq folklor va mumtoz musiqa haqida tushunchaga ega boiish, bastakorlik va professional kompozitorlik ijodi bilan tanishish, musiqaning barcha yoiialishlaridagi janrlarining paydo boMishi, rivojlanish etaplari haqida atroflicha maiumot berish, ularni o‘rganish va o'zlashtirishdan iborat. Dunyodagi har bir xalqning borligidan darak beruvchi omil - bu tilidir. Uning buyukligini ifodalovchi mezon - bu ma’naviyatidir. Demak, ma’naviyatning asosiy tarmoqlaridan biri musiqa ekanligi barchaga ayondir. Musiqa dunyosi juda keng va barcha sohalarga teng daxldor ekanligi bilan boshqa sohalardan farq qiladi. Musiqa dunyosi insoniyatning hayoti, yashash tarzi, faoliyati, mehnati, qadriyati, an’anasini inikos etuvchi vosita sifatida ahamiyatlidir. Shu bois musiqa o‘zining badiiy va estetik imkoniyatlariga egaligi bilan xarakterlanadi. Dunyodagi har bir xalq o‘zining qadimiy tarixiga ega bo‘lgan musiqiy an’analariga egadir. Shular qatorida o‘zbek musiqasi ham juda qadimiy va o‘ziga xos an’analariga egadir. 0 ‘zbek musiqasi azaldan ikki ulkan yo‘nalishda shakllanib, asrlar osha rivojlanib kelgan. Birinchi yo‘nalish, bu xalq hayotiy voqe’liklari bilan bog‘liq bo‘lgan folklor musiqasidir. Insoniyatning kundalik hayoti, mehnati va faoliyatini in’ikos etuvchi musiqadir. Folklor musiqasining asosiy mezonlari marosimlar va voqe’iiklar bilan bog‘liq boiib, to‘rtta yo‘nalishdan iboratdir. Bular: 1. Bolalar musiqasi. 2. Mehnat qo‘shiqlari. 3. Marosim qo'shiqlari. 4. Diniy, afsuniy qo'shiqlar. Amaliyotda har bir yo‘nalishga xos va voqeiik bilan bogiiq boigan janrlar vujudga kelganki, ular asrlar davomida xalqlar milliy an’analarida yuzaga kelgan. Bular - alia, yalla, lapar, terma, qo‘shiq, aytishuv kabi janrlardir. Xalq folklor musiqasining asosiy xususitlaridan biri: folklor musiqasini xalq yaratadi, xalq tomonidan ijro etiladi va tinglanadi. Lekin folklor musiqasining ham bilimdon ijrochilari boiib, xalq orasida ular laparchi, yallachi kabi nomiar bilan atalib kelinadi. Folklor musiqasining ijrosida va ijodida muayyan janrlar tarkibiga asoslangan erkinlik xususiyatlari mavjuddir. Musiqiy namunalaming shakl jihatidan soddaligi, barmoq vazniga xos she’riy matnlarga asoslanishi va unchalik katta boimagan diapazon doirasida ijro etilishi bilan xarakterlanadi. Ikkinchi yo‘nalish mumtoz musiqadir. Mumtoz musiqa namunalari, har tomonlama mukammallik kasb etishi bilan folklor musiqasidan farq qiladi. Mumtoz musiqa alohida yaratuvchisi, ya’ni bilimdon bastakori tomonidan ijod etiladi. Bilimli va mohir sozanda yoki xonandalar tomonidan ijro etiladi. Asosan aruz vazniga xos boigan so‘z matnlariga asoslab va muayyan shaklda yaratiladi. 0 ‘zbek xalq mumtoz musiqasi o‘zining mukammalligi va murakkabligi bilan boshqa xalqlar orasida alohida o‘ringa egadir. Mumtoz musiqaning eng yirik shakl i maqomlardir. Maqomlar 0 ‘zbekistonnirig uch vohasida mavjud boiib, Buxoroda“Shashmaqom”, Xorazmda “Xorazm maqomlari”, Farg‘ona vodiysida “Farg‘ona-Toshkent maqom yoilari” deb yuritiladi. Bundan tashqari, maqomlar yoilarida yaratilgan, shaklan va ijroviy xususiyatlari doirasi maqomlarga xos boigan “Suvora”lar, Katta ashula, Surnay maqom yoilari, dutor maqomlari hamda cholg'u yoilari mavjuddir. Mumtoz musiqaning shaklan muqimligi, qonunqoidalarga egaligi, talqin uslublarining mavjudligi uning murakkabligidan dalolat beradi. 10 Maqomlarni ijro etish uchun maxsus tayyorgarlik, bilim va albatta keng diapazonli ovozga ega bo‘lish lozimdir. Maqomlar, odatda bir necha yillar davomida hamda ustoz-shogird qabilidagi ta’lim asosida o‘zlashtiriladi. Maqomlarni - “sifatsiz ijro etish - deb yozadi maqomdon olim I.Rajabov - maqom yo‘llari haqida noto‘g‘ri tasavvur qoldirishi mumkin”1. Bu mumtoz musiqa merosimizning asrlar osha o‘z badiiy va estetik imkoniyatlari saqlab kelishining asosini bildiradi. Shu bilan birga qayd etish lozimki, “Maqom yoMlari ijrosi uchun hofizda keng diapozon, yoqimli ovoz va yuksak aytish texnikasi bo‘lishi shart.”2 0 ‘zbek musiqasining ijodiyoti yillar davomida turli janrlar bilan boyib kelgan. XX asrga kelib, bastakorlik an’analariga xos va jahon musiqa ijodiyoti namunalariga mos kompozitorlik ijodiyoti kirib keldi. Bu albatta o‘zining yangidan-yangi janrlari, ulami yaratish va ijro etish qonuniyatlari bilan bog‘liqdir. Kompozitorlik ijodiyoti bilan birga o‘zbek musiqasiga yevropa musiqiy an’analarida mavjud bo‘Igan opera, balet, simfoniya, kamer musiqa, cholg‘u musiqa kabi bir qator janrlarda ijod etish an’anasi kirib keldi.O‘tgan asr davomida bu an’ana o‘zbek musiqiy hayotida o‘z o‘rnini topdi. 0 ‘zbek kompozitorlik maktabi shakilandi, yetuk kompozitorlar tarbiyalanib samarali ijod etdilar. Olamshumul ahamiyatga ega bo‘lgan musiqiy asarlar yaratdilar. Bu jarayon ham o‘ziga xos shakllanish va rivojlanish bosqichlarini o'taganini qayd etish lozimdir. Chunki, bu an’ana avvalo rus musiqashunos va kompozitorlari tomonidan boshlab berildi, so‘ngra milliy an’analami saqlash maqsadida, bastakorlar bilan kompozitorlaming hamkorlik davri ham o‘z mevasini berdi. 1930-yillarning oxiridan o‘zbek kompozitorlik ijodiyoti o‘zini ko‘rsata boshiadi va tez orada kompozitorlaming yangi avlodi tarbiyalandi. Eng muhimi kompozitorlikning barcha janrlarida o‘zbekona ohanglarga ega bo‘lgan milliy ruhdagi asarlar yaratilib, jahon sahnalarida o‘zini namoyon etib kelmoqda. Ushbu fan bo‘yicha talabalar mukammal ravishda musiqiy san’atning tarixiy taraqqiyot jarayoni, Vatanimizning musiqiy 1 I.Rajabov. “Maqomlar masalasiga doir”. Т.: 1963 у, 268 b. 2 Shu manba. 269 b. 11 hayoti, bastakorlar va kompozitorlami yillar davomida. musiqiy san’atning turli janr va shakllarida yaratgan asarlari, ijrochi namoyandalar ijodiy faoliyatlari, bosqichma-bosqich rivojlanish jarayoni, ijodkorlarni noyob asarlariga tahlil qilish borasidagi bilim va ko‘nikmalariga ega boiadilar. Musiqa sohasida taiim olayotgan har bir sozanda, xonanda va ijodkorlar o‘z musiqa an’analarini bilib olishlari va kelgusida avlodlarga xos an’anani munosib davom ettirishlarida “0 ‘zbek musiqasi tarixi” fanida olgan saboqlari albatta dasturi amal boiib xizmat qiladi. Zero, xalq musiqasi, bu hayot manbai, ijod manbai, ruh ozugi, millat ko‘zgusidir. Xulosa. Bugungi kunga kelib ta’lim sohasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Yurtimizda ta’lim-tarbiyaga bo’lgan e’tibor, yosh avlodni har tomonlama yetuk, teran fikrli, keng dunyoqarashli, bilimli va yuksak salohiyatli qilib o’stirish eng dolzarb masalalarga avlantirildi va davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Bu maqsadlarga erishish yo'lida umumta’lim maktablarida o’qitilayotgan darslaming salmog'i kata albatta. Shuning uchun ham yoshlarga ta’lim-tarbiya berayotgan o’qituvchilarning malakasini oshirish, ulaming pedagogik mahoratini, ijodkorligini rivojlantirish va eng asosiysi darslarni eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida olib boorish, zamonaviy pedagogic texnologiyalar kam vaqt mehnat sarflab ko’proq natijaga va samaraga erishiga xizmat qiladi. San’at ilohiy tushuncha, u insoniyat dunyoga kelgan kundan boshlab uning ong- u shuuriga, yuragiga sungib boradi. Bu yorug’ olamni ko’zimiz bilan ko’rgan kundan boshlab, qulog’imiz ostida jarang sochgan ona allasining ahangining sexri bilan biz ona Vatan, ona Tabiat, Oila, Ota– ona singari tushunchalarni anglay boshlaymiz, qalbimizda mehr – oqibat, do’stlik, muhabbat, g’amxo’rlik hislari paydo bo’la boshlaydi. Shaxs kamolotida, yosh avlod ta’lim – tarbiyasida san’atining, ayniqsa musiqaning ahamiyati katta. Yoqimli ohang, chiroyli ijro inson ruhiyati,kayfiytiga ijobiy ta’sir etadi. San’atga oshno ko’ngillar doimo ezgulikka intiladi. Milliy musiqa san’atimiz tarixiga nazar solsak, u juda ulug’vor va zalvorli bo’lganligining guvohi bo’lamiz. So’ng esa musiqa san’ati umuxalq san’atiga aylanib bordi. Unga ko’ra chet el klassik kompozitorlar hamda qardosh xalqlar kompoztorlari bilan bir qatorda O’zbekiston kompozitorlariva bastakorlarining yuksak badiiy qiymatga ega bo’lgan asarlarrini ijro etish uchun katta imkoniyatlar yaratildi. Yurtimizda yoshlarga bo’lgan e’tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.Shu boisdan ham biz ijodkor yoshlar ushbu berilgan imkoniyatlardan samarali ravishda fodalanib, olingan bilim ko’nikmalarimizni samarali tarzda ishlatgan holda, o’zbek musiqasi merosiga o’z hissamizni qo’shishimiz biz yoshlarning mustaqilligimiz oldiga qo’ygan ulkan vazifamizdir. O’zbek musiqasi san’atining har – bir yo’nalishlarida o’z ijodiy faoliyatlarini olib borayotgan mo’jizakor yoshlar, kelajakda biz yuqorida ta’kidlab o’tgan muammolarga chek qo’yib, azaldan ya’ni o’tkan asr muammosidan to hozirga qadar yetib kelgan ijrochilik yoki bo’lmasa musiqa yaratish kabi tugatilmagan muammolarga aynan bizning mustqilligimiz sharofati ila munosib ravishda o’z yechimini topadi degan umiddamiz. Zero, biz XXI – asr yoshlari hech kimdan kam bo’lmaymiz, kam bo’lmaganmiz ham!!! Download 108.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling